Mirjalol Qosimov: "Yaponiyaga Ahmedov va Denisov kelmadi"
30 mar 2015 18:20
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Yaponiyaga Ahmedov va Denisov kelmadi"
Yaponiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin ikkala murabbiy ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Ertaga o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham chiroyli va qiziqarli bahs bo'lishi kutilmoqda. Yaponiya terma jamoasi juda kuchli, lekin biz faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz. O'yin maqomi qanday bo'lishidan qatiy nazar biz o'z vatanimiz sharafini himoya qilamiz.
Bir qator futbolchilarimiz olimpiya terma jamoasi safida Bangladeshdagi saralashda ishtirok etmoqda. Yaponiyaga Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov ham kelmadi. Bu futbolchilar yo'q bo'lsa ham biz o'z kuchimizga ishonamiz. Ertangi o'yin tarkibga yangi qo'shilgan futbolchilar uchun yaxshi imkoniyat.
Yaponiya termasida yangi murabbiy ish boshladi, shu bois ertaga qanday o'yin ko'rsatishlari men uchun jumboq. Ammo futbolchilar o'sha-o'sha. Vohid Xalilxojich juda tajribali murabbiy - Jahon chempionatlari ishtirokchisi. Menimcha u Yaponiya terma jamoasi bilan muvaffaqiyatga erisha oladi. Yaponiya kabi biz ham Osiyo Kubogida yuqori maqsadlarga erishmoqchi edik, biroq kuchli raqibga yutqazib qo'ydik. Osiyo Kubogi - tarixga aylandi va biz oldinga intilishimiz kerak. Umid qilamanki, JCH-2018 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok eta olamiz", - deydi Qosimov.
O'FF matbuot xizmati

Fikrlar