So’nggi yangiliklar

07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  1 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  1 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  2 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  13 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  12 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  1 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  33 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0

“Fulad” endi “Lokomotiv” bilan bellashadi Yangiliklar

“Fulad” endi “Lokomotiv” bilan bellashadi

“Lokomotiv” Osiyo CHempionlar ligasining guruh bosqichida o'z maydonidagi birinchi uchrashuvni Eronning “Fulad” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Axvazliklar o'tgan mavsumda “Bunyodkor” bilan to'qnash kelib, ancha mazmunli o'yin namoyish etishgandi.

“FULAD” FUTBOL KLUBI
Laqabi:
“Fulad Mardan” (“temir yigitlar”)
Tashkil etilgan sanasi: 1986 yil 2 mart
Stadioni: “G'adir” stadioni, 51 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Rahbari: Sayfulloh Dehkordi
Bosh murabbiyi: Dragan Skochich (Xorvatiya)
2005 va 2014 yilgi Eron chempioni.

Axvazning “Fulad” jamoasi 1986 yil tashkil etilgan. 2005 yil Eron chempioniga aylangan klub “Paxtakor” bilan OCHLda to'qnash kelgandi. O'shanda toshkentliklar 2:0 va 3:1 hisoblarida g'alaba qozonishgandi. Oradan 8 yil o'tib, “Fulad” “Bunyodkor”ga qarshi o'yinlarda 1:1 va 1:0 hisoblarini qayd etdi. Bu jamoa avvallari Eronda grandlar qatoriga kiritilmagan, lekin oxirgi yillarda klub keskin o'sishga erishdi. O'tgan yili mamlakat chempioniga aylangan axvazliklar joriy mavsumda peshqadamdan bir ochko ortda qolishmoqda.

“Fulad” so'nggi yillarda asosiy etiborni o'z tarbiyalanuvchilariga qaratib kelyapti. Ayni paytda klubning 10ga yaqin futbolchisi yoshlar va olimpiya terma jamoa azolari sanaladi. Kelajakda milliy terma jamoada bu klubdan ko'plab futbolchilar maydonga tushishlarini taxmin qilish qiyin emas. 2000 yil tashkil qilingan akademiyada 400 nafardan ortiq yoshlar futbol sirlarini o'rganadi. Bu klub akademiyasi “Sepaxon” va “Persepolis” klublariniki bilan birgalikda Eronda eng yaxshi akademiya deb tan olinadi.

Bosh murabbiy Dragan Skochich 2010 yildan qitamizda faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Dastlab arab jamoalarida ishlagan xorvatiyalik mutaxassis keyin Eron chempionatiga ko'chib o'tdi. “Malavan”dan keyin “Fulad”da ish boshladi. U Hussayn Farakining o'rnini egalladi. Faraki 2014 yil jamoani chempionga aylantirgach, klub bilan shartnomasini uzaytirishni istamadi. Skochich boshqargan paytda “Al Nasr” “Paxtakor” bilan OCHLda to'qnash kelgandi.



Dragan SKOCHICH
Tug'ilgan sanasi
: 03.09.1968
Tug'ilgan joyi: Rieka, Yugoslaviya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1987–1991 “Rieka”, 1991–1993 “Las Palmas”, 1993–1995 “Kompostela”, 1995–1996 “Rieka”, 1998–2001 “Ittihod Kalba”.
Boshqargan jamoalari: 2005–2006 “Rieka”, 2007–2008 “Interblok”, 2009–2010 “Al Arabi”, 2011 “Al Nasr”, 2012 “Rieka”, 2013–2014 “Malavan”, 2014 yildan “Fulad”da.

“Fulad” tarkibida OCHLga 3 nafar xorijlik futbolchilar zayavka qilingan. Himoyachi Leonard Misarich Xorvatiya chempionati yuqori divizionida o'ynagan. Kamerunlik yarim himoyachi Matias CHago ham Xorvatiya chempionati klublarida to'p tepgan. Hujum chizig'ida harakat qiladigan Aloys Nong Belgiya jamoalari sharafini himoya qilgan. U bir necha klublarda to'purarlik mahoratini namoyish qilgan.

“Fulad” yoshlarga etibori va zarur infratuzilmani yarata olgani sababli so'nggi yillarda Tehron va Isfaxon shahri jamoalarining etakchiligiga chek qo'ya oldi. Ayni paytda klub yangi stadionni barpo etmoqda. 27 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion Axvaz shahrining eng yaxshi inshootlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Darvozabonlar
1. Alirizo Salimi
22. Behnom Musavi
31. Milad Xumayuni
63. Ershod Yusufi

Himoyachilar
2. Ahmad Alnameh
3. Leonard Mesarich (Xorvatiya)
19. Bahman Kamol
21. Omid Xolidi
24. Mehrdod Jamaati
25. Muhammad Ahlishaheh
27. Rizo Ahmadi
33. Surush Saidi
40. Yusuf Vakia

Yarim himoyachilar
5. Mehdi Badrlu
11. Baxtiyor Rahmoni
14. SHahob Karami
15. Matias CHago (Kamerun)
29. Ali Sina Rabani
32. Hadi Habibinajod
77. Muhsin Mosalman

Hujumchilar
7. Surush Rafiyi
8. Sasan Ansari
10. Ismoil SHarifat
17. Aloys Nong (Kamerun)
26. Bahman Jahontig'
99. Muhammad G'ozi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика