So’nggi yangiliklar

08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  0 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1

OCHL, 2-tur. "Bunyodkor" o'z maydonida imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

OCHL, 2-tur. "Bunyodkor" o'z maydonida imkoniyatni boy berdi

OCHL "A" guruhi 2-tur uchrashuvi "Bunyodkor" - "Persepolis" jamoalari o'rtasidagi o'yinni ushbu sahifa orqali matnli onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

OCHL-2015. "A" guruhi, 2-tur.


"Bunyodkor" (Bunyodkor) - "Persepolis" (Eron) 0:1

3 mart 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00

Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya)

Qanot hakamlari: Kim Yong Xa (J.Koreya), Park In Su (J.Koreya)

Zaxira hakami: Salah Muhammad Nur Abbos (Bahrayn)

Nazoratchi: Saad Al Fadhli (Quvayt)

Komissar: Talal Al Svaylmin (Iordaniya)

Gol: Muhammad Nuri (21-penaltidan)

"Bunyodkor": 45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov, 7.SHaker Zuagi, 8.Javlon Ibrohimov (19.Zabihillo O'rinboev, 75), 13.Ivan Miloshevich, 16.Artyom Filiposyan, 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Samir Bekrich (9.Sato Minori, 62), 21.Sardor Rashidov, 39.Eldor SHomurodov (14.Vohid SHodiev, 53, 48.Akromjon Komilov.

Zaxira: 1.Pavel Bugalo, 11.Mirzohid G'ofurov, 15.Obid Jo'raboev, 40.Timur Ayupov.

"Persepolis"
: 1.Sousha Makoni, 2.Omid Alishah, 4.Maykl Umanya, 6.Muhsin Bengar, 14.Muhammad Nuri, 17.Mehdi Taremi (77.Ali Alipurgara, 59), 20.Alirizo Nurmuhammadi, 24.Xodi Nouruzi, 28.Ahmad Nurullahi, 66.Fernando Gabriel (18.Mehrdad Kafshgari, 86), 99.Babak Hatami.

Zaxira: 44.Masud Hamami, 3.Muhammad Xonzoda, 11.Payyam Sodeg'ian, 16.Rizo Xalegifar, 22.Tadeu.

Ogohlantirishlar: Muhammad Nuri (45), Bengar (57).

                                    MATNLI TRANSLYACIYA

                                              YANGILASH


- "Bunyodkor" - "Persepolis" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan olib borgan matnli onlayn reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Hakam soatiga qarab qo'yishni boshladi.... Vaqt oz qolmoqda...


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


89` Artyom Filiposyanning kuchli zarbasi noaniq ketdi.


88` "Bunyodkor" raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bora olmayapti.


87` Stadionga yig'ilgan muxlislarning aksariyati o'z uylariga ravona bo'lishmoqda...


86` O'zgarish. "Persepolis". Fernando Gabriel o'rniga Mehrdad Kafshgari tushirildi.


85` Ochig'ini tan olish kerak, bugun raqib "Bunyodkor"ning o'yinini yaxshilab o'rganib chiqqani va ularni zararsizlantira olgani bor gap. Oldinda vaqt bor va gol ursa bo'ladi. Lekin bu juda qiyin masalaga aylanib ulgurgan. "Persepolis" jamoasi juda ishonchli himoyalanmoqda.


83` Ushbu standart vaziyati ham vakillarimiz uchun samarali yakunlanmadi.


82` Akromjon Komilovdan ajoyib "reyd"!!! Raqib futbolchisi so'nggi pallada uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Jarima zarbasi.


81` Gol kerak, gol! Qani faollikni oshiramiz, olg'a "qaldirg'ochlar"...


79` Mehmonlar azosi Muhammad Nuriga tibbiy yordam ko'rsatildi.


77` "Bunyodkor" xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'lgandi. Biroq vakillarimiz ushbu vaziyatdan unumli foydalana olishmadi.


76` "Bunyodkor" stadioniga bugun 21285 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.


75` O'zgarish. "Bunyodkor". Javlon Ibrohimov o'rniga hujumchi Zabihillo O'rinboev maydonga tushdi.


72` Maydon markazini mehmonlar vakillari boshqarib borishmoqda.


71` Sardor Rashidovni to'pni qabul qilib olishi bilan uzqo masofadan darvozaga zarba berdi. Kuchsiz chiqqan zarba Makaniga muammo keltirib chiqarmadi. 


70` Sardor Rashidov oddiy vaziyatda to'pni o'ziga to'xtatib ololmadi. Bu o'sha biz bilgan Rashidovmi?


69` "Persepolis" himoyachilari juda zich o'ynashmoqda va o'z jarima maydonchalari oldida vakillarimizga deyarli imkoniyat qoldirishmayapti.


67` Sardor Rashidov hamda Doston Hamdamov o'z qanotlarini almashib olishdi.


65` "Bunyodkor" uzun paslar orqali o'z hujumlarini tashkil etishga urinmoqda.


63` Sardor Rashidovning harakatlarida biroz tezlik etishmayapti. Futbolchimiz vaziyatni cho'zib yubormoqda. Natijada raqib himoyachilari o'z joylarini berkitishga ulgurishmoqda.


62` O'zgarish. "Bunyodkor". Samir Bekrich o'rniga Sato Minori tushirildi.


60` Xavfli vaziyat! Samir Bekrich! Makani!!! Ajoyib imkoniyat va kuchli zarba! Biroq Makani o'z darvozasini ishonchli qo'riqlashda davom etmoqda!


59` O'zgarish. "Persepolis". Mehdi Taremi o'rniga Ali Alipurgara tushdi.


58` Jarima zarbasi "Bunyodkor" uchun samara keltirmadi.


57` "Persepolis" jamoasi futbolchisi Muhsin Bengar Sardor Rashidovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam esa mehmonlar futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatdi.


55` "Persepolis" futbolchisi Mehdi Taremiga tibbiy yordam ko'rsatildi. Futbolchini maydondan shifokorlar ko'tarib chiqib ketishdi. Vaholanki maydon chetida ikkita kichik tibbiy yordam mashinasi bor. Lekin ular o'z joylaridan siljishgani ham yo'q. Balki benzini yo'qdir, kim bilandi deysiz...)


54` Vohid SHodiev maydonga tushishi bilan gol kiritishi mumkin edi. Biroq Makani juda ishonchli o'ynadi.


53` ZARBAAAA! VOHID SHODIEV!!! MAKANI!!! Hozirgina maydonga tushgan Vohid SHodiev burchak to'pidan so'ng boshi bilan darvozaga zarba yo'lladi. Makanidan super-seyv!


53` O'zgarish. "Bunyodkor". Eldor SHomurodov o'z o'rnini Vohid SHodievga bo'shatib berdi.


52` Akmal SHorahmedov jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.


51` "Persepolis" jamoasi futbolchisining boshi bilan bergan zarbasi yaxshi hamki noaniq ketdi. Aks holda tabloda hisob o'zgarishi mumkin edi.


50` "Persepolis" jamoasi burchak to'pi ishlab oldi.


48` "Bunyodkor" futbolchilari hududiy ustunlikka ega. "Persepolis" esa himoyalanish bilan band.


47` Sardor Rashidov ikkinchi bo'limni ancha faollik bilan boshladi va jamoasi hujumini rivojlantirdi. Biroq Javlon Ibrohimovning noaniq to'p uzatishi hammasi buzib yubordi.


- Ikkinchi taym boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.


44` "Bunyodkor" futbolchilari navbatdagi standart vaziyatidan o'zlariga naf chiqara olishmadi. "Persepolis" azolari ikkinchi qavatda raqiblariga imkon berishmayapti.


43` Maydon egalari birinchi bo'lim so'nggiga kelib raqibga bosim uyushtirishga intilishmoqda.


42` Samir Bekrichning darvoza tomon boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.


40` Sardor Rashidov "Persepolis" jamoasi futbolchilari tomonidan ishonchli qo'riqlanmoqda. Eronliklar Rashidovni hozircha zararsizlantira olishmoqda.


38` Vakillarimizga biroz sovuqqonlik etishmayapti. Hujumda "qaldirg'ochlar" so'nggi zarbani yo'llashda ikkilanib qolishmoqda va natijada eronlik himoyachilar ularning o'ylagan rejasini "o'qiy" olishmoqda. Tezkorlikni oshirish kerak.


37` "Bunyodkor" jarima zarbasini amalga oshirdi. Sardor Rashidov tomonidan jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'pni raqib futbolchilari qaytarib yuborishdi.


35` "Bunyodkor"ning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi.


34` "Bunyodkor"ning chiroyli kombinacion hujumi. Akrom Komilovdan zargarona pasni qabul qilib olgan Doston Hamdamov qanotdan jarima maydonchasi ichida turgan Eldor SHomurodovni qidirib topdi. Biroq yosh hujumchimizning yaqin masofadan darvozaga yo'llagan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.


33` O'yin ko'proq maydon markazida kechmoqda.


31` "Bunyodkor" futbolchilari jarima maydonchasi ichigacha kirib borishmoqda. Lekin so'nggi zarbaga kelganda ular biroz oqsashmoqda. Aniqrog'i, raqib himoyachilari hozircha bexato o'ynashmoqda.


30` Stadionga tashrif buyurgan eronlik muxlislar ham o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlashmoqda.


28` "Bunyodkor" futbolchilari katta kuch bilan oldinga borishmoqda. Dostonbek Hamdamov va Eldor SHomurodov jarima maydonchasi ichida raqibga tashvish tug'dirishga harakat qilishmoqda.


26` "Bunyodkor"ning xavfli hujumi! Biroq so'nggi pallada eronlik himoyachi juda yaxshi o'ynadi va xavfni bartaraf etdi.


25` Hadi Norouzining jarima maydonchasi ichida erkin harakat qilishiga himoyachilar to'sqinlik qila olishmadi. Biroq raqib futbolchisining darvoza tomon tepgan to'pi mo'ljalga aniq bormadi.


24` O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumni "Persepolis" himoyachilari bartaraf etishdi.


22` Buyog'iga "Bunyodkor" vaziyatni o'nglashi darkor.


21` GOL! Muhammad Nuri! Babak Hatamini Artyom Filiposyan to'tatib qoldi va belgilangan 11-metrlik jarima zarbasini Muhammad Nuri aniq amalga oshirdi, 0:1!


20` "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgilandi!


19` Sardor Rashidov jamoasi hujumini samarali yakunlashda biroz adashdi. Sardorning jarima maydonchasi ichiga kirib darvoza tomon tepgan to'pi noaniq ko'rinish oldi.


18` Fernando Gabriel tomonidan jarima zarbasidan oshirib berilgan to'pni Akbar To'raev egallab oldi.


17` "Persepolis" jamoasi o'z o'yinini ancha kuchaytirdi. Fernando Gabrielning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi juda xavfli chiqdi. Lekin noaniq.


16` "Persepolis" jamoasi futbolchilari o'yin tizginini o'z qo'llariga olishga harakat qilishmoqda.


15` "Persepolis" hozircha to'psiz o'ynamoqda. Ular asosan vakillarimiz tomonidan tashkil etilayotgan hujumlarni bartaraf etish bilan bandlar.


14` Sardor Rashidovning burchak to'pidan oshiribbergan to'pini Makani ortiqcha qiyinchiliksiz ushlab oldi.


13` "Bunyodkor" o'z hujumlari bilan raqibiga katta bosim o'tkazmoqda. Navbatdagi burchak to'pi.


12` "Bunyodkor"ning hujumi. Zuagi tashkil etgan hujumni avvaliga Sardor Rashidov o'zining kuchli zarbasi bilan jamoasi uchun ijobiy yakunlamoqchi bo'ldi. Biroq uning zarbasi darvozagacha bormadi. Ikkinchi urinishda esa Samir Bekrich uzoqdan zarba yo'lladi. Noaniq.


10` Eldor SHomurodov jarima maydonchasi oldida to'pni egallab oldi va tezda raqib darvozasiga zarba yo'lladi. Zarba esa kuchsiz va noaniq chiqdi. Sal jonliroq harakat qilish kerak, Eldor!


9` Makani ikkinchi qavatda yaxshi harakat qildi va to'pni egallab oldi.


8` Akrom Komilov jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.


7` Ahmad Nurullohining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.


6` Hadi Nouruziga qarshi Doston Hamdamov qo'pol o'ynadi. Maydon markazi oldidan jarima zarbasi. Eronliklar futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


5` Uchrashuv debyuti hozircha vakillarimiz ustunligi ostida boshlandi. Qolgan daqiqalar ham shu ruhda davom etishiga tilakdoshmiz.


4` "Persepolis" jamoasi vakillari maydon markazida yana o'yin qoidasini buzishdi. Bu safargi jarima zarbasi ham "qaldirg'ochlar"ga naf olib kelmadi. 


3` Samir Bekrich tomonidan jarima zarbasidan so'ng oshirib berilgan to'pni Sardor Rashidov darvozaga yo'lladi. Noaniq.


2` "Bunyodkor" futbolchilari to'pni o'z nazoratlari ostida ushlab turishibdi va pozicion hujumga o'tishmoqda.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! OLG'A "Qaldirg'ochlar"!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- O'yin boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.


- Jamoalar o'yin oldi mashg'ulotlarni yakunlashdi va kiyinish xonasiga yo'l olishdi.


- Sato Minori bugun zaxirada qoldirilgan. Uning o'rniga Samir Bekrich harakat qiladi. Bu ham raqibga qarshi tanlangan taktik yurish. Bu qanchalik o'zini oqlashini esa o'yindan so'ng bilib olamiz.


- "Bunyodkor" jamoasi ushbu masumdagi o'zining uchinchi rasmiy bahsini uch xil hujumchi bilan boshlamoqda. Dastlab "Al Jazira"ga qarshi Vohid SHodiev asosiy tarkibda tushgan bo'lsa, "Al Nasr" bilan bo'lgan uchrashuvda Zabihillo O'rinboevga ishonch bildirilgan edi. Bugun esa Eldor SHomurodov bosh rolda. Eng qizig'i va kishini xursand qiladigani, har ikkala hujumchi avvalgi o'yinda raqiblari darvozasini ishg'ol etishni uddasidan chiqishgan. Eldor SHomurodov ham ushbu yoqimli ananani davom ettirarmikan? Ko'ramiz.


- Sergey Lushan jamoasiga yangi kelib qo'shilgan Eldor SHomurodov bugungi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan bo'ldi. "Qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan Eldor SHomurodov orqali "Persepolis"ga o'ziga xos "sovg'a" tayyorlagan bo'lsa ajab emas.


- "Bunyodkor" jamoasi o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozondi va ishqibozlarni stadionga qaytarmoqda. Bu albatta yoqimli holat. Futbolning haqiqiy muhiti aynan muxlislar yaratib berishlari hech kimga sir emas. Har qanday o'yinni aynan stadionga tashrif buyuradigan muxlislar jozibaliroq qilishlari aniq.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan va o'yin oldi chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda.


- Ushbu o'yinga bo'lgan qiziqish juda yuqori darajada desak mubolag'a bo'lmaydi. Stadion atrofida katta anshlag kuzatilmoqda. Stadion chiptaxonalarida esa chipta qolmagan.


- Assaomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! "Bunyodkor" stadionidan yozamiz! Netbuk va noutbuklarimiz stadiondagi media-tribunaga o'rnatilgan va reportajni boshlashga shay holatda! Bugun Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi o'z maydonida OCHL 2-tur doirasidagi "Persepolis" klubiga qarshi saf tortadi. Ushbu o'yindan matnli onlayn translyaciyasini boshlaymiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.   

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика