So’nggi yangiliklar

14:13"Криштиану йиғлагудек ҳолатда эди". Каранка Моуринью ва Роналду ўртасидаги жанжал тафсилотларини ошкор қилди  0 13:54"Динамо" бир ой олдин жамоага қўшилган Мабепа Айесса билан хайрлашилди  1 13:43Бугунги ўйинлар: “Арсенал” — МЮ, “Рома” — “Милан”, “Барса” уйда ва бошқалар  1 13:25Миллий жамоа. Зафармурод Абдираҳматов жароҳат сабаб йиғинни тарк этди  1 13:17Федерико Вальверде: "Дарвозада Куртуа борлиги ишимизни анча енгиллаштиради"  2 12:58"Наполи" бразилиялик ҳужумчи трансферини эълон қилди  0 12:25Венсан Компани: "Ҳамма Бундеслигани осон дейди, лекин бугун бундай эмаслигини кўрдик"  11 12:02Лиам Росеньор Мудрик ҳақида: "У билан гаплашиб олишим керак, ҳозир у учун қийин давр"  0 11:45Арне Слот "Борнмут"дан учралган мағлубият сабабини айтди  5 10:55Олександр Воробей собиқ жамоаси билан шартнома имзолади  0 10:36САфарда. "Динамо"нинг БААдаги машғулотлари қандай кетмоқда? Вадим Абрамов билан интервью  3 10:12"Сўғдиёна"да 8 йил ўйнаган Митрович Сербияга қайтди  1 09:57Арбелоа: "Винисиус ва Мбаппе — ўйин тақдирини ўзгартириб юборишга қодир икки энг яхши футболчи"  4 09:37"Шўртан" ҳужумчиси "Машъал"га ўтди  0 09:07Жавоҳир Сидиқов: "Қўқон-1912"га бўлган меҳрим бошқача"  4

Ro'ziqul Berdiev: "Jamoa xarakter ko'rsatdi va muhim g'alabaga erishdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Jamoa xarakter ko'rsatdi va muhim g'alabaga erishdi"

"Nasaf" - Traktorsozi" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
"Barchani g'alaba bilan tabriklamoqchiman. O'yinga keladigan bo'lsak, bu Osiyo chempionlar ligasi va bu erda hech bir jamoa raqibga osonlikcha ochko bermaydi. Maydonning holati yaxshi emasligi chiroyli futbol ko'rsatishga halaqit qildi. SHunga qaramay, jamoa futbolchilari xarakter ko'rsatishdi va o'yinda burilish yasay olishdi. Asosiysi g'alaba qozondik va maqsadimizga erishdik", - deya Ro'ziqul Berdiev o'yin haqidagi o'z fikrlari bilan o'rtqolashdi.

- Tanaffusda futbolchilarga qanaqangi sehrli so'zlarni aytdingiz?

- Tanaffusda futbolchilarga hali vaqt etarli ekanligini va uchrashuv so'nggigacha kurashishlarini talab qildik. Ikkinchi taymda futbolchilar ko'rsatmalarimizni bajarishdi va kerakli natijani qayd etdik.

- Bahrom Abdurahimov nega maydonda ko'rinmadi?

- Bu futbolchi ko'proq texnikaga tayanib o'ynaydigan futbolchi hisoblanadi. Bugungi bellashuvda taktik jihatdan kelib chiqib, asosiy tarkib futbolchilarini tanlagandik. "Traktorsozi"ga qarshi o'yinda bizga ko'proq kurashadigan futbolchilar zarur edi. Aynan shu holat bo'yicha Ilhom Yunusov ham bugun asosiy tarkibdan o'rin olmadi.

- Legionerlar jamoada mahalliy futbolchilar bir kalla ustun bo'lishi kerak. Roy Rok bugun yaxshi o'ynadi va ishonchni oqladi. Lekin Oleksandr Koblash o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etib bera olmadi?

- Yangi kelgan futbolchilardan birdan nimanidir talab eta olmaymiz. Aytib o'tganingizdek, Roy Rok bugun yaxshi o'ynadi va uning ko'rsatgan o'yini bizni qanoatlantirdi. Umuman olganda, hujumda ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lmadik. Oleksandr Koblash to'p uchun kurashlarda yaxshi o'ynadi va hali ushbu hujumchi ham hali ko'plab gollar urib barchani quvontiradi.

- OCHL qaydnomasida Farruh Sayfiev va Artur Gevorkyan hujumchi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Bu degani "Nasaf" yangi mavsumda 4-3-3 sxemasida ham o'ynaydimi?
 - To'g'ri aytdingiz, biz Turkiyada tashkil etilgan yig'inlarimizda ham ushbu sxemada ko'plab o'yinlarni o'tkazdik va bu sxemani sinovdan o'tkazib oldik. Keyingi o'yinlarda ushbu sxemada o'ynash rejamizdan o'rin olgan. Futbolchilarni qaydnomada qaysi chiziqda ko'rsatish bu katta ahamiyatga ega emas. Bu shunchaki rasmiy holat. Kerakli paytda barcha futbolchilar o'z poziciyalarini o'zgartirishi mumkin. 

- "Nasaf" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Odil Hamrobekovning o'yini haqida o'z fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- U juda yaxshi, tirishqoq futbolchi. Ushbu futbolchi o'tgan yilgi o'yinlarda ham bir qator yaxshi o'yinlarni o'tkazgandi. Bugungi bahsda ham Odil juda yaxshi va foydali o'ynadi desam fikrimga qarshi chiqmasanglar kerak. Odil Hamrobekovni yaxshi kelajak kutmoqda. Asosiysi, futbolchi o'z ustida ishlashni to'xtatib qo'ymasligi kerak.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика