So’nggi yangiliklar

07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  5 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0

Osiyo Kubogi-2015. Avstraliya - chempion Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Avstraliya - chempion

Avstraliya mezbonlik qilgan Osiyo Kubogi finalidan o'rin olgan Janubiy Koreya va Avstraliya o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib boring.
Final
Janubiy Koreya - Avstraliya 1:2
31 yanvar 2015
. Sidney. 14:00 (Toshkent)
Bosh hakam:
Alirizo Fag'oni (Eron)
Qanot hakamlari:
Rizo Suxandon (Eron), Muxammad Rizo Abdulfazli (Eron)
Gollar:
Luongo 44, - 0:1. Son Xen Min 90+1, - 1:1. Troici 105, - 1:2.
Avstraliya:
Rayyan, Franich, Spiranovich, Seynsberi, Devidson, Yedinak, Milligan, Luongo, Kruze (Troici, 71), Lekki, Keyxill (Jurich, 62).

Janubiy Koreya:
Kim Jin Xyon, Kim Jin Su, Kvak Tae Xvi, Park Ju Xo (Xan Kuk Yong, 72), Son Xen Min, Nam Tae Xi (Li Kun Xo, 62), Ki Sung Yong, Li Jeong Xyop, Kim Yung Gvon, Jang Xyun Su, CHa Du Ri

Ogohlantirishlar:
Franich 5, Devidson 40, Seynsberi 58, Yedinak 66, Kruze 66.


                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

Bo'ldi o'yin tugadi! Avstraliya o'z tarixida ilk bor Osiyo chempioni bo'ldi!

120+1. Koreyslarning xavfli hujumi...O'yindan tashqari holat tufayli uzilib qoldi.

120. Bir daqiqa qo'shib berildi...

119.
Janubiy Koreya jarima to'piga ega bo'ldi. Oshirib berilgan to'pni Rayyan qaytarib yubordi, o'yindan tashqari holat ham bor ekan

118.
O'yin tugab bormoqda. Avstraliya bu safar gol o'tkazib yuboradimi yoki yo'qmi. Ko'ramiz

115.
Koreyslar so'nggi kuchlarini yig'ib hujumga o'tishmoqda. CHa Du Rining pasidan so'ng Rayyan osongina to'pni egallab oldi

111.
O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Kim Yong Gvon darvozaga yo'lladi, g'alati zarba...noaniq

109.
Hujumda Troici va Jurich raqib jarima maydoni yonida himoyachilarga tinim berishmayapti

106. Ikkinchi qo'shimcha vaqt boshlandi


105. Zaxiradan tushgan Jurich ikki aldadi va zarba berdi, darvozabondan qaytgan to'pni zaxiradan tushgan Troici gol urdi - 1:2.

105. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TROICI! 1:2

101.
Koreyslar tinmay hujum qilishmoqda, Rayyan to'pni qaytardi

97.
Lu Kun Xo raqib himoyachisi Spiranovich bilan to'qnashib ketdi

93.
Troici raqib jarima maydoni ichida to'pni egallab zarba bera olmadi, xavfli vaziyat edi

91.
Qo'shimcha taym boshlandi



90+3. Asosiy vaqt tugadi. Endi yana 30 daqiqa finalni kuzatamiz

90+1. Ki Sung Yongning pasidan so'ng Son Xen Min jarima maydoni ichidan gol urdi - 1:1.

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SON XEN MIN! 1:1!

90.
O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. So'nggi daqiqa...Avstraliya chempionmi?

87. O'zgarish. Janubiy Koreya.
Li Jong Xyop o'rniga Kim Ju Yung tushdi

86. ZARBA! Troici jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq

85.
Koreyslar bor kuchlari bilan hujumga o'tishmoqda, "sokkeruzlar" esa qarshi hujumda

84.
Jabrlanuvchining o'zi zarba berdi, anchagina noaniq

82. Yedinak Son Xen Minni yiqitdi. Xavfli jarima to'pi!

80.
Uchrashuvning so'nggi 10 daqiqasi boshlandi. Agar Koreya gol urmasa 10 daqiqadan so'ng Avstraliya chempion bo'ladi

75.
Finalni tomosha qilish uchun 76385 tomoshabin keldi

74. O'zgarish. Avstraliya.
Franich o'rniga Met Makkey tushdi

73.
Ivan Franich jarohat oldi, u ham maydonni tark etadi shekilli

71. O'zgarish. Janubiy Koreya.
Park Ju Xo o'rniga Xan Kuk Yong tushdi

70. O'zgarish. Avstraliya.
Kruze o'rniga Jeyms Troici tushdi

69.
Kruzega hakam simulyaciya uchun sariq berdi, lekin hozircha Robbi maydonga qaytgani yo'q. Haqiqatdan ham jarohat olgan shekilli futbolchi

66. Ogohlantirish. Avstraliya.
Robbi Kruze

66. Ogohlantirish. Avstraliya.
Mayl Yedinak



64.
O'yinni FIFA va OFK prezidentlari stadiondan kuzatishmoqda



63. O'zgarish. Janubiy Koreya.
Nam Tae Xi o'rniga Li Kun Xo tushdi

63. O'zgarish. Avstraliya.
Tim Keyxill o'rniga Tommi Jurich tushdi

62. Mana issiqqina rasm. Luongo goldan so'ng



60.
Mezbonlar burchak to'piga ega bo'lishdi. Luongoning uzatgan to'pini Seynsberi boshi bilan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq!

59. ZARBAAAAAAAAA! Kvak Tae Xvi boshi bilan yana zarba berdi, Rayyan o'z o'rnida

59. Ogohlantirish. Avstraliya.
Spiranovich



57.
Avstraliyaning javob hujumi! Lekki raqib jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'llay olmadi

55. ZARBAAAAAAA! Son Xen Min! Uning zarbasi himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi, Rayyan to'pni qaytardi!

52.
Avstraliya imkon qadar o'yin tempini tushurib qarshi hujumlarga o'tmoqchi, koreyslar ancha tezkor o'ynashmoqda

50.
Hisobda ortda qolayotgan koreyslar hujumkor o'yin namoyish etishmoqda

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

45.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha Avstraliya oldinda



44. Seynsberining pasidan so'ng Massimo Luongo jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.





44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LUONGO! 0:1

41. Jarima chizig'i yonginasidan koreyslar jarima to'piga ega bo'lishdi. Ki Sung Yong oddiy, kuchsiz va aniq zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida!

40. Ogohlantirish. Avstarliya.
Jeyson Devidson

39.
Koreyslar burchak to'pini amalga oshirishdi, avstraliyalik baland bo'yli himoyachilar xavfni osongina bartaraf etishdi.

39. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Yana Koreya! Bu safar CHa Du Ri o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Son Xen Minning zarbasi Luongoga tegib maydonni tark etdi!

38.
Mayl Yedinak bu safar Ki Sung Yongni yiqitdi, ikki APL vakillari to'qnashuvi

36. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Mana zarba! KOreyslar chap qanotdan hujumga o'tishdi. Son Xen Min jarima maydoni markazida to'pni to'xatatmasdan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq! Supergol bo'lardiya...



33.
Metyu Rayyan so'nggi himoyachi vazifasini bajarmoqda...

28.
Jamoalar bir birlariga etarli qarshilik ko'rsatishmoqda. To'p maydon markazida ko'p ushlanib turibdi

26.
Avstraliya hujumkorni oshirdi, tezkor hujumlar ko'paydi

24. ZARBAAAAAAAAAAAAA! KEYXILLLLLLLLLL! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni qabul qilib olgan Tim darvozaga zarba berdi, to'pni Kim Jin Xyon qaytardi!



23. Koreyslar jarima to'piga ega bo'lishdi. Ki Sun Yongning pasidan so'ng Kvak Tae Xvi boshi bilan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq! Xavfli vaziyat!

20.
O'yin keskin davom etmoqda. Milligan va Jang Xyun Su maydon markazida to'qnashib ketishdi. Bu final, oson o'yin bo'lmasligi kechaning o'zida malum edi



19.
Koreyslar musobaqada gol o'tkazmagan yagona jamoa hisoblanadi. Ularning quruq seriyasi hamon davom etmoqda

15.
Dastlabki 15 daqiqada hisob ochilmadi. Hozircha maydonda teng kurash

12.
Koreyslarning hujumi, Son Xen Min o'yindan tashqari holatda tushib ketdi.

8. ZARBAAAAAAAAAAAAA! YEDINAAAAAAAAK! Qanday vaziyat! Jarima to'pini Yedinak to'g'ri darvozaga yo'lladi, to'p to'sin ustidan o'tib ketdi!

7.
Mark Milligan yiqitildi. 25 metrlardan jarima to'pi

5.
Janubiy Koreya jarima to'piga ega bo'ldi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi

5. Ogohlantirish. Avstraliya.
Ivan Franich

4.
Zarba berayotgan vaqtda "Bayer" futbolchisi raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Unga shifokorlar yordam berishmoqda

3.
Son Xen Minning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi

2.
Tim Keyxill dastlabki xavfli hujumni tashkil etdi. CHap qanotdan oldinga o'tdi va zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida

1. O'YIN BOSHLANDI




- Avstraliya davlat madhiyasi



- Janubiy Koreya madhiyasi



- Mana shu kubok qaysidir termaga nasib etadi




- Jamoalar maydonga tushishga tayyor



- Musobaqaning yopilish marosimi boshlandi



- Avstraliya termasining kiyim almashtirish xonasi



- Janubiy Koreyaning kiyim almashtirish xonasi



- Alessandro Del Pero ham stadionda...

 

- Muxlislar stadionga etib kelishmoqda





- Bundesligadagi futbolchilarning to'qnashuvi



- O'yin soat 14:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика