So’nggi yangiliklar

10:42Фабио Каннаваро – «Удинезе» бош мураббийи  1 10:2116:0 - Ўзбекистон кубоги тарихидаги энг йирик ҳисобми?  3 10:13«Барселона» иккита мураббийдан бири билан шартнома тузмоқчи  9 09:46«Ливерпуль» «отмен». Аморим музокара ўтказиш учун Лондонга учиб келди  1 09:20Акинфеев Файзуллаевга «Ахмат»га қарши учрашувдан сўнг кескин гапирган  30 08:52«Интер» «Милан»дан ўтиб кетди  8 08:27МЮнинг янги раҳбарларидан бири мухлисларга мурожаат билан чиқди  2 08:03Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистон ОТЖ сафидаги биринчи машғулотида нималар деди?  15 07:37Осиё кубоги. Бугун терма жамоамиз Вьетнамга қарши баҳс олиб боради  17 07:05U23 Осиё кубоги. Саудия Арабистони - Ироқ 1:2   0 07:00U23 Осиё кубоги. Япония - Корея Республикаси 0:1   0 06:55U23 Осиё кубоги. Таиланд - Тожикистон 0:1   0 06:50Серия А. "Милан" - "Интер" 1:2   0 06:45Серия А. "Рома" - "Болонья" 1:3   0 06:40ЛаЛига. "Севилья" - "Мальорка" 2:1   0

“Qizilqum” yuqori o'rinlarni ko'zlamoqda Yangiliklar

“Qizilqum” yuqori o'rinlarni ko'zlamoqda

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Konchilar ayni chog'da o'z qarorgohida uchinchi bosqich o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boryapti.
Yig'inda o'ttiz nafardan ziyod futbolchi ishtirok etmoqda. Mashg'ulotlar Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasida kuniga ikki mahaldan tashkil qilinayotir.

  Xo'sh, o'tgan mavsumni o'ziga munosib bo'lmagan pog'onada yakunlagan konchilarning amaldagi yildagi rejalari qanday? Tarkibda qanday o'zgarishlar bor?

  Kuni kecha “Qizilqum” professional futbol klubi ijrochi direktori Hamidjon Aktamov Navoiy viloyat futbol federaciyasi prezidenti, viloyat hokimi Erkin TURDIMOV qabulida bo'lib, yangi mavsumga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar xususida axborot berdi.

  Fursatdan foydalanib, klub matbuot xizmati Hamidjon Aktamovdan intervyu oldi.

  - Jamoamiz o'tgan mavsumda chemionatni 11-pog'onada yakunladi va bundan muxlislar oldida xijolatdamiz, - dedi Hamidjon G'ulomovich. - SHu bois, yangi mavsumda oldimizga jiddiy maqsadlar qo'yiladi. Viloyat futbol federaciyasi, futbol klubimiz muassisi va xomiylari jamoamizni har tomonlama munosib qo'llab-quvvatlar ekan, “Qizilqum” jamoasi azolari faqat yuqori o'rinlar uchun kurashishi lozim, deb bilaman. Buning uchun amaldagi yilda barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

  -Tarkibda qanday o'zgarishlar bor?

  - Yakunlangan chempionatda jamoamiz sharafini himoya qilgan bir necha futbolchi boshqa klublar tarkibida o'z omadlarini sinab ko'rishga qaror qilishgan. Jumladan, Ruslan Vagapov (“Metallurg”), Navro'zbek Alimov (“Paxtakor”), Samandar SHodmonov, Eldor Boymatov (“SHo'rtan”)ga tarkibimizda to'p surgani uchun rahmat aytamiz va kelgusi faoliyatlarida omadlar tilaymiz.

  O'z navbatida boshlanajak mavsum oldidan o'quv-mashg'ulot yig'inlarimizga yangi futbolchilarni jalb etganmiz. Selekciya ishlariga alohida etibor qaratilmoqda. Hozirda yarim himoyachilar ukrainalik Andrey Derkach (“Mashal”), Bobur Mamirov (“Bogatir” Rossiya),  hujumchilar Bahriddin Vahobov (“Buxoro”), ukrainalik Vyacheslav SHevchenko (“Birkirkara” Malta), Feruz Boboqulov, Xurshid Yo'ldoshev (“Oqtepa”)lar mashg'ulotlarda ishtirok etyapti. SHuningdek, mamlakat yoshlar ligasida jamoamiz sharafini himoya qilgan umidli futbolchilardan Nuriddin Rahmatullaev, Aziz Nazarov, Bobur Iskandarovlarni asosiy tarkibga jalb qildik.

  “Qizilqum”, “Neftchi” jamoalaridagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar etiboriga tushgan mohir himoyachi Akmal Xoliqov yangi mavsumdan boshlab, murabbiylar shtabida ish boshlaydigan bo'ldi. Bu yildan etiboran jamoa yoshlari bilan murabbiy Obid Xudoyorov ishlaydi. Undan umidimiz katta. Obidning o'z vaqtida ajoyib hujumchi bo'lganligini nafaqat “Zarafshon” va “Qizilqum”, balki “Nasaf” jamoasi ishqibozlari ham yaxshi bilishadi, eslashadi. Yoshlar ligasida asosiy etibor asosan mahalliy futbolchilarga qaratilishi ko'zda tutilgan.

  - Mavsum tayyorgarligi bo'yicha rejalar qanday?

 - Jamoa azolari o'tgan yilning dekabr oyidan mashg'ulotlarni boshlashgan. Mavsumga bir necha bosqichda tashkil etiladigan yig'inlar orqali hozirlik ko'rilishi belgilab olingan. Yanvar oyi boshida Toshkentdagi “Futbol-MED” sport-sog'lomlashtirish markazida asosiy tarkib o'yinchilari va nomzodlari tibbiy ko'rikdan o'tdilar. So'ngra poytaxtda ikki haftalik yig'in uyushtirdik. Bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida yangi nomzodlar xatti-harakati kuzatildi. Ayni chog'da jamoamiz Navoiyda mashg'ulotlarni davom ettirishyapti. Fevral oyining birinchi yarmida jamoa azolari tayyorgarlik mashg'ulotlarini Toshkentda davom ettiradilar. Mamlakatimiz oliy va birinchi liga jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkaziladi.

 - Malumotlarga qaraganda, bu yil mavsum arafasida “Qizilqum” futbolchilari xorijda yig'in o'tkazishni rejalashtirayotgan ekan...

  - Ha, albatta. Jamoamiz 19 fevral - 3 mart kunlari Antaliya (Turkiya)da o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi. Mazkur yig'in doirasida Ukraina, Polsha, Ruminiya, Belorussiya va Rossiya yuqori divizioni futbol klublari bilan sinov-nazorat uchrashuvlari uyushtiriladi. SHuningdek, Turkiyadagi yig'in davomida murabbiylar shtabi Gruziya, Nigeriya davlatlaridan bir necha legioner futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика