So’nggi yangiliklar

22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  5 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  6 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  2 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  8 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  9 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  12 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  19 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  4

Eron Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Eron Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshladi

Osiyo Kubogining "C" guruhidan o'rin olgan Eron hamda Bahrayn terma jamoalari birinchi turni o'zaro o'yin bilan boshlashdi.
Osiyo Kubogi 2015
"Melbourne Rectangular" Stadium
"C" guruhi, 1-tur
Eron - Bahrayn 2:0
Hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Gollar: E.Hojsafi 45+2, M.SHojai 70

Eron: Alirizo Hagigi, Murtazo Puraliganji, Jalol Hussayni, Mehrdod Poladi, Vuria G'ofuri, Andranik Teymuriyan, Javod Nekunam, Ashkan Dejaga (Surush Rafiei 89), Masud SHojai (Alirizo Jahonbaxsh 80), Ehson Hojsafi, Rizo G'uchannajod (Sardor Azmun 75).

Bahrayn: Said Jafar, Muhammad Husayn, Fauzi Aaish, Volid Al-Hayam (Rashid Al-Hut 65), Hussayn Ali Bobo, Abdulla Omar, Sami Al-Husayni (Said Ahmad 79), Jeysi Jon, Ismoil Abdullatif (Abdulvahob Al-Malud 65), Abdulvahob Ali Safi, Said Said.

Ogohlantirishlar: E.Hojsafi 23 - A.Omar 44                          



                          MATNLI TRANSLYACIYA
 

                                    YANGILASH

O'yin o'z nihoyasiga etdi.

Uchrashuv bosh hakami o'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berdi.

80. SHojai o'rniga maydonga Alirizo Jahonbaxsh tushirildi.

Ehson Hojsafi gol urganidan so'ng

75. Rizo Guchannajod o'rniga maydonga Sardor Azmun tushirildi.

70. Gooooolll, Masud SHojaiii, 2:0. Burchakdan etkazib berilgan to'pni SHojai darvozaga to'g'rilab qo'ydi.

69. Hagigi va Favzi Aiesh bir janjallashib olishdi.

48. Eron terma jamoasining burchak zarbasi omadsiz chiqdi.

47. Eronliklar burchak to'pi ishlab oldi.

46. Rizo Guchchanajod o'yindan tashqari holatda.

45. Ikkinchi bo'lim boshlandi



Ehson Hojsafi qay tarzda gol urganini shu rasm orqali ko'rishingiz mumkin.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Gooooooollll, Ehson Hojsafiiii, 1:0. Birinchi bo'lim yakunlanay deb turganda gol urdi Eron, Bahrayn esa bir necha soniya chidab bersa tanaffusga durang bilan chiqib ketardi.

44.
Hojsafiga ishlatilgan qo'pollik uchun Abdulla Omar ogohlantirildi.

41.
Eronliklar chiroyli hujum uyushtirishgan edi, lekin yakun etishmadi.

40.
Javod Nekunamning jarimadan bergan zarbasi yuqoridan o'tib ketdi.


Jeysi Jon qaychi uslubida zarba bergan vaziyat

31.
Forslarning ikkinchi goli ham inobatga olinmayapti, bu safar Mehrdod Poladi gol urgan edi. Har ikki vaziyatda ham o'yindan tashqari holat bor edi.

30.
Bu Jeysi Jon jismonan baquvvat o'yinchi ekan, Hussayni bir amallab to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

26.
Bahraynliklarning navbatdagi zarbasini ham Hagigi ushlab oldi.


Dejaganing zarbasi va Said Jafarning super seyvi

23.
Goool, ammo o'yindan tashqari holat. Ehson Hojsafining goli inobatga olinmadi, kamiga Hojsafiga sariq kartochka ham ko'rsatildi.

20.
Zarbaaaa, Ashkan Dejagaaa va darvozabon Jafardan super seyv. Dejaga deyarli yakkama yakka vaziyatdan foydalana olmadi.

19.
Bahrayn darvozaboni Said Jafar sal bo'lmasa to'pni raqiblarga oldirib qo'yishi mumkin edi.

17.
Said SHubbardan bosh bilan yo'llangan o'ta xavfli zarba, lekin to'p darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.


Bahrayn madhiyasi yangrayotganda...



Forslar madhiyasi yangrayotgan payt

10.
Kutilmaganda o'yinni bahraynliklar hujumkorlik bilan boshlashdi.

7.
Zarbaaa, Jeysi Jondan qaychi uslubidagi zarba va biroz noaniq.

4.
Ismoil Abdulatif o'yindagi ilk aniq va xavfli zarbani ijro etdi. Hagigi o'z o'rnida.


Bahrayn terma jamoasi tarkibi


Eron terma jamoasi tarkibi

2.
Eron oq, Bahrayn esa qizil rangli libosda harakat qiladi.

-
Qadrli futbol ishqibozlari Eron - Bahrayn uchrashuvi boshlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика