Breaking News: Timur Kapadze "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi!
01 jan 2015 23:11
Yangiliklar
Breaking News: Timur Kapadze "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi!
Hozirgina "Lokomotiv" mamuriyati saytimizga qo'ng'iroq qilib, Timur Kapadzeni jamoa bilan shartnoma imzolaganligi haqidagi axborotni malum qildi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida faoliyatidagi ketma-ket to'rtinchi qita chempionatiga yo'l olishidan avval, Timur Kapadze poytaxtliklar bilan shartnoma imzoladi.
Faoliyatini "Neftchi" o'rinbosarlari safida, hujumchi ampluasida boshlagan futbolchi, 2002 yil "Paxtakor" safiga borib qo'shildi. U erda uni turkmanistlonlik mutaxassis Tachmurad Agamurodov tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynata boshladi. SHu yilning o'zidayoq terma jamoadagi debyutini nishonlagan Kapadze, 2008 yil erkin agent sifatida "Bunyodkor" tarkibidan joy oldi. Osiyo Kubogi - 2011dagi muvaffaqiyatidan keyin uni Janubiy Koreyaning "Inchxon YU" jamoasi o'z tarkibiga qo'shib oldi. 2012 yil yarim mavsum "SHarja" jamoasida faoliyat yuritgan farg'onalik futbolchi, 2012 yil "Aktobe" libosini kiydi.
Timur Kapadzening "Lokomotiv"dagi faoliyatiga omad va o'z tajribasi bilan jamoani OCHLda uzoqroqqa etaklashiga tilakdoshmiz.
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar