Alonso: "Gvardiola jamoaga boshqa mutaxassislar bera olmaydigan narsalarni beryapti"
19 dek 2014 16:18
Yangiliklar
Alonso: "Gvardiola jamoaga boshqa mutaxassislar bera olmaydigan narsalarni beryapti"
"Bavariya" yarim himoyachisi Xabi Alonso Pep Gvardiola qo'l ostida ishlayotganidan xursand.
"Gvardioladan jasur bo'lishni o'rgandim. U har mashg'ulotda o'sishga harakat qiladi. Har o'yinda jamoaga yangi ko'rsatmalar beradi. Ko'p yillardan beri turli mutaxassislar bilan ishlab kelayotgan bo'lsamda, Gvardiola jamoa o'yiniga boshqa bir narsa taqdim etayotganini his qilaman" - deydi Alonso.
Fikrlar