So’nggi yangiliklar

09:31Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги маоши маълум  3 09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  1 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  13 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  4 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  1 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  3 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  9 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  63 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  4 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1

XXIII mavsumning yakuniy statistikasi Yangiliklar

XXIII mavsumning yakuniy statistikasi

Mana XXIII milliy chempionatimiz ham o'z nihoyasiga etdi.
G'olib va sovrindorlar aniqlandi. Yakuniga etgan chempionat ham tarixga aylandi. Biz ham ushbu tarixni raqamlar yordamida sizlarni yodingizga solmoqchimiz.

XXIII milliy chempionatimiz yakunlari raqamlarda

XXIII milliy chempionatimizda jami 182 ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  493 ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,71 tadan to'p to'g'ri keladi).

Paxtakor o'z maydonda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'ldi. Metallurg, Olmaliq va Andijon safarda umuman g'alabaga erisha olishmadi.



Paxtakor o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 5ta. Metallurg esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 22ta.

Paxtakor, Bunyodkor va Nasaf safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 9tadan to'p o'tkazib yuborgan. Metallurg safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 32ta to'p olib chiqqan.  
 
Lokomotiv o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 34 ta. Neftchi o'z uyida eng kam 10ta gol kiritgan.



Paxtkor safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 26ta. Andijon esa safar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritgan – 3ta.

Paxtakor o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 37 ta. Andijon o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 11 ta.

Safar uchrashuvlarida ham sherlar eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 35 ta. Andijon safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga  kiritgan – 1ta.



23-chempionatda kiritilgan  493ta goldan 301tasi (61,05%) mezbonlar, 192tasi (38,95%) mehmonlar hisobiga yozildi.   

Bo'lib o'tgan 182 uchrashuvning  99 tasida (54, 4%) maydon egalari, 48 tasida (26,37%) mehmonlar zafar quchishgan.  35 o'yinda (19,23%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

26ta tur davomida futbolchilar jami 673 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,7tadan kartochka to'g'ri keladi). 34 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,19 tadan chetlatish to'g'ri keladi).



Uchrashuv hakamlari 43 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 31 holatda (72,09%) to'p darvozaga kiritildi. 12 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

XXIII milliy chempionatda 12ta avtogol qayd etildi. Oybek Nurboev (Buxoro) va Georgiy Kvesieshvili (Qizilqum) ikki martadan avtogol qayd etishdi. Jahongir Mehmonov (Neftchi), Ildar Mamatkazin (Dinamo), Darko Stanoevich (Olmaliq), Zohir Qo'ziboev (Mashal), Akbar Sattaev (Navbahor), Salim Mustafoev (Lokomotiv), Salamat Quttiboev (Mashal) va Akmal Xolmurodov (Dinamo)lar o'z darvozabonlarini bir martadan ranjitishdi.



Mavsumda 39ta dubl qayd etildi. 31 futbolchi bir uchrashuvda ikki (dubl) marta gol kiritishgan. Artur Gevorkyan (Nasaf) va Igor Sergeev (Paxtakor) bunday natijani uch martadan, Zohir Qo'ziboev (Mashal), Sunnatilla Mamadaliev (Metallurg), SHahzodbek Nurmatov (Metallurg) va Farhod Tojiev (Lokomotiv) bunday natijani ikki bor takrorlashgan.

To'rt futbolchi esa bir uchrashuvda uch (xet-trik) marta gol kiritishgan. Bunday natijaga  SHahboz Erkinov (Navbahor) ikki marta erishgan yagona futbolchi bo'ldi. Sardor Rashidov (Bunyodkor), va Artur Gevorkyan (Nasaf) bir martadan xet-trik qayd etishgan.



Navbahorning ukrainalik hujumchisi Ruslan Kachur bu yilgi chempionatimizda bir uchrashuvda to'rt (poker) marta gol kiritgan yagona futbolchi bo'ldi.

Bellashuvlarini jami 919448 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (o'rtacha har bir o'yinga 5052tadan to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin Andijon – Paxtakor uchrashuviga tashrif buyurdi – 18221. Eng kam tomoshabin esa Lokomotiv – Qizilqum uchrashuviga tashrif buyurgan – 601 nafar.



Muxlislar to'plash borasida Navbahor jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 169532. Paxtakor esa 166166 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Qizilqum 158324 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Metallurg o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 79809.

Qizilqum jamoasi o'z maydonida eng ko'p ishqiboz to'plagan – 111903ta. Metallurg bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 25556.

Safar o'yinlarida Paxtakor jamoasining (111490) muxlisi ko'p. Safarda Qizilqumning muxlislari eng oz – 46421.



XXIII milliy chempionatning 182 uchrashuvidan 22tasida yirik hisob qayd etildi. Lokomotiv va Paxtakor hisobida 5tadan yirik hisobdagi g'alaba bor. CHempionatning eng yirik hisobi Mashal – Anjijon (hisob – 6:1, 16-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 182 uchrashuv 18 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 35 marta, 2:0 – 29 marta, 2:1 – 26 marta, 1:1 – 17 marta, 3:1 – 15 marta, 0:0 – 14 marta, 3:0 – 11 marta, 3:2 – 8 marta, 4:2 – 8 marta, 2:2 – 4 marta, 4:1 – 3 marta, 4:0, 4:3, 5:0, 5:1 va 5:4 – 2 martadan, 5:2 va 6:1 – 1 martadan uchradi.  
 


Oliy liga-2012 seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar


G'alabali seriya – Paxtakor (6 iyundan – ...) 16 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – Paxtakor (15 martdan – ...) 26 uchrashuv
Durangli seriya – Mashal (12 apreldan – 3 aprelgacha), Neftchi (2 oktyabrdan – 25 oktyabrgacha) 3tadan uchrashuv
Durangsiz seriya – Lokomotiv (16 maydan – ...) 18 uchrashuv
G'alabasiz seriya – Buxoro (28 apreldan – 22 avgustgacha) 12 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – So'g'diyona (23 martdan – 14 maygacha) va Andijon (16 maydan – 3 avgustgacha) 7tadan uchrashuv
Golli seriya – Lokomotiv (15 martdan – ...) 26 uchrashuv
Golsiz seriya – Qizilqum, Andijon, Mashal, Dinamo 4tadan uchrashuv



Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – Mashal, Navbahor, Buxoro, Andijon 11tadan uchrashuv
Quruq seriya – Paxtakor 5 uchrashuv (23 avgustdan – 17 oktyabrgacha)
Yirik g'alabali seriya – Paxtakor 3 uchrashuv (15 avgustdan – 7 sentyabrgacha)
Yirik mag'lubiyatli seriya – Dinamo 2 uchrashuv (3 avgustdan – 9 avgustgacha)
Yirik g'alabasiz seriya – Dinamo, Neftchi, Olmaliq, So'g'diyona, Qizilqum, Andijon  - 26tadan uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – Paxtakor, Bunyodkor, Lokomotiv, Neftchi va So'g'diyona -  26tadan uchrashuv
CHetlatishli seriya – Buxoro va Lokomotiv 2tadan uchrashuv
CHetlatishsiz seriya – Olmaliq 26ta uchrashuv



Eng uzun seriyalar – Futbolchilar
 
Golli seriya – Farhod Tojiev (Lokomotiv) 7 uchrashuv 8ta gol (10 avgustdan – 17 oktyabrgacha)
Quruq seriya (darvozabon) – Aleksandr Lobanov (Paxtakor) 5 uchrashuv 578 daqiqa.


Narzulla SAYDULLAEV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика