So’nggi yangiliklar

15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  3 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  15 08:50Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор  8

“Nasaf” yangi bazani keng jamoatchilikka tanishtirdi Yangiliklar

“Nasaf” yangi bazani keng jamoatchilikka tanishtirdi

Qarshining “Nasaf” futbol klubi bugun katta tadbir o'tkazdi va tadbir davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Tadbirning asosiy qismi “Nasaf”ning bugungi infratuzilmasiga qaratildi. Soat 9:30dan boshlangan tadbir tushgacha davom etdi. Dastlab taklif etilgan mehmonlar uchun seminar o'tkazildi. Seminarda viloyat hokimligi vakillari, O'FF va PFL xodimlari, “Nasaf” futbol klubi rahbariyati, oliy liga klublari birinchi vice-prezidentlari, oliy liga klublari qoshidagi bolalar-o'smirlar futbol maktablari rahbarlari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etishdi.



Seminarni “Nasaf” futbol klubi Bosh menejeri SHamil Yarulin olib bordi. Seminarda so'zga chiqqanlar “Nasaf”da yaratilgan sharoitlar yuzasidan iliq fikrlar bildirishdi. Xususan Viloyat hokimi o'rinbosari G'ayrat Jovliev bugungi kunda “Nasaf”ga bo'lgan etiborning yuqori ekanligini aytib o'tdi. Seminar davomida SHamil Yarulin tadbir qatnashchilariga “Nasaf” futbol klubining infratuzilmasi, bolalar va o'smirlar futbol maktabi, maydonlar va umuman sharoitlar borasida axborot berib o'tdi.

Seminar yakuniga etgach, mehmonlar dastlab klub qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabi tomon yo'l olishdi va bu erda tahsil olayotgan yosh futbolchilarga yaratilgan sharoit bilan tanishishdi. Aytish mumkinki, “Nasaf”da bolalar futboli uchun barcha qulayliklar mavjud. Suniy va tabiiy maydonlar, o'quv xonalari, futbol bo'yicha nazariy bilim olish xonasi, yotoqxona, oshxona va boshqalar. Hozirda ushbu futbol maktabida jami guruhlarni qo'shib hisoblaganda 339 nafar futbolchi tahsil olmoqda. 1998 yilda tug'ilgan futbolchilar eng katta guruh hisoblansa, 2008 yilda tug'ilgan bolalar eng kichik guruhda mashg'ulot olib borishadi. Futbol maktabda ishlayotgan murabbiylar soni esa 13 kishini tashkil etadi.



Bundan tashqari, Nishon, Koson, Beshkent, Kitob tumanlarida, shuningdek Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on tumanida hamda Xorazm viloyatining Urganch shahrida “Nasaf” futbol maktabi filiallari ham faoliyat olib bormoqda. Filiallarda jami 822 futbolchi tahsil olayotgan bo'lsa, 11 murabbiy ishlamoqda. Mana endi yaqinda “Nasaf”ning o'rinbosarlari uchun yangi o'quv-mashg'ulot bazasi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi. Bolalar va o'smirlar futbol maktabidagi sharoitlar bilan tanishish yakuniga etgach, mehmonlar o'rinbosarlar uchun foydalanishga topshirilgan “Mehnatchi” o'quv-mashg'ulot bazasi tomon yo'l olishdi. 78 kishiga mo'ljallangan mazkur baza ham barcha qulayliklarga ega desa bo'ladi. Bungacha “Nasaf” o'rinbosarlari Qarshidagi “Jayxun” mehmonxonasida ijara asosida istiqomat qilishardi. Mana endi xuddi asosiy tarkib singari klub o'rinbosarlari ham qulay sharoitlari mavjud zamonaviy qarorgohga ega bo'lishdi.



“Sputnik” (hozirgi “Mehnatchi”) stadionida bir paytlar ikkinchi liga bahslari o'tkazilgan bo'lib, anchadan beri qarovsiz holga tashlab qo'yilgandi. Keyinchalik esa klub rahbariyatining tashabbusi bilan tashlandiq joy to'liq tamirdan chiqarilib, zamonaviy baza holatiga keltirildi. Bundan buyon “Nasaf” o'rinbosarlari mehmonxonadan stadionga, stadiondan mehmonxonaga degandek ovora bo'lib yurishmaydi va “Mehnatchi”ning o'zida istiqomat qilib, o'sha erda mashg'ulot olib borishadi.



Mehmonlar “Mehnatchi” o'quv-mashg'ulot bazasi bilan yaqindan tanishib bo'lgach, barchamiz “Nasaf”ning asosiy tarkibi istiqomat qiladigan baza tomon yo'l oldik. Bu erda bizni klub bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan SHuhrat Toshpo'latov, Denis Ivankov, Ilnur Sibagatulin kutib olishdi. Mazkur bazada bir necha bor bo'lganim uchun bu erdagi sharoitlar bilan tanishish men uchun yangilik emasdir. Lekin bu erga ilk bor tashrif buyurgan boshqa klublar vakillarining aytishicha, Qarshidagi sharoitlar hozircha boshqa hech bir klubda yo'q. Darvoqe, bu fikrga to'liq qo'shilsa bo'ladi.
SHunday qilib tushgacha davom etgan tadbir mana shu tarzda yakuniga etdi. Yurtimizda futbol rivoji uchun “Nasaf”dagi kabi barcha qulayliklarga ega klublarning ko'payishi nihoyatda zarur. Ehtimol, “Nasaf” bugungi kunda shuncha sharoitga ega bo'la turib, chempionlik uchun kurasha olmaytgandir, biroq bu erda hammasi kelajak avlod uchun amalga oshirilayotganini unutmaylik. Katta pullar tufayli oliy ligadagi istalgan klub oldiga chempionlik vazifasini qo'ysa bo'ladi, lekin futbol bu - faqat yuqori o'rinlar uchun kurashish degani emas. Bazan mavjud vaziyatni to'g'ri baholagan holda chempionlik uchun kurashishdan voz kechib, etiborni futbolning boshqa jihatlariga qaratish ham koni foyda beradi va eng avvalo kelajak avlod uchun nihoyatda zarur sharoit qilingan bo'ladi.


X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика