So’nggi yangiliklar

21:54Рустам Лутфуллин бошчилигидаги ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувига тайинлов олди  0 21:31Рўзиқул Бердиев икки марта жаримага тортилди – ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  11 21:08ПСЖ – "Боруссия Д" учрашуви бош ҳаками ўйин якунлангандан сўнг йиғлаб юборди  8 20:45Тухель "Реал"га қарши ўйин ҳақида: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  5 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  6 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  1 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  6 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1 18:27"Футбол олами". "Андижон" ва "Нефтчи" юта олмади, "Навбаҳор"да йирик ғалаба. 6-тур ҳақида ҳаммаси  0 18:13Суперлига. 6-тур голи муаллифи - Одил Ҳамробеков  4 17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  1 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  1 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2

Mashal futbol klubi tarixidan lavhalar Yangiliklar

Mashal futbol klubi tarixidan lavhalar

Qashqadaryo vohasining qum barxanlari hukmron joyida tashkil etilgan Muborak shahri mamlakatimiz gaz sanoatida muhim o'rin tutadi.
Hozirgi paytda go'zal bir shaharga aylangan Muborak voha futbolining rivojlanishidagi tutgan o'rni ham beqiyosdir.

Bugun Muborakning Mashal futbol klubi o'zining 30 yillik to'yini nishonlash arafasida turibdi. Xo'sh, Muborakda shunday nufuzli futbol klubi qanday tashkil topdi? Albatta, bunda qanchadan-qancha jonkuyar insonlar ter to'kmadi deysiz. Biz yoshlar bu haqda nimani bilamiz?

SHularni hisobga olib, Mashal PFK rasmiy saytidagi klub tarixi sahifasiga murojaat qildik va bu shonli tarixdan lavhalarni o'quvchilarimizga havola qilishni lozim topdik, marhamat o'qing:

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida futbolni rivojlantirishga avvaldan zamin bor edi. Milliy chempionatimizga asos solingunga qadar gazchilar shaharchasining Fakel jamoasi sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasi, O'zbekiston kasaba-uyushmalari jismoniy tarbiya jamoalari Respublika birinchiligida qatnashib kelgan. Bir so'z bilan aytganda, Muborak futbolining o'ziga xos tarixi bor edi.

CHo'lni o'zlashtirib, shahar barpo etishda asosan yoshlar javlon urishgan. 1980 yillar boshida ulg'ayib borayotgan yosh shaharning mehnatsevar yoshlari futbol jamoasini tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. Muborak texnologik transport va maxsus texnikalar korxonasining rahbari Bahrom Vafoevning say-harakatlari tufayli 1982 yili futbol jamoasiga asos solindi. Birinchi mavsumdayoq katta maqsadlarni ko'zlagan futbolchilar viloyat birinchiligida muvaffaqiyat qozonib, Respublika birinchiligiga yo'llanma olishdi. SHu yillarda aynan Bahrom Vafoevning tashabbusi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Muborak gaz ishlab chiqarish boshqarmasi, boshqa xomiylar ko'magi hamda hashar yo'li bilan shahar markazida stadion qurib bitkazildi. Ushbu stadion ayni paytda aynan Bahrom Vafoev xotirasi uchun uning nomi bilan ataladi.

1988 yilga qadar jamoa ichki birinchilikda o'rtamiyona klublardan biri bo'lib keldi. Bu davr ichida jamoaga chetdan ne-ne o'yinchilar, murabbiylar kelib ketmadi. O'sha yilning ikkinchi davrasida klubga poytaxtdan To'ra SHoymardonov taklif etildi. U asosiy etiborni mahalliy yoshlarga qaratdi. Natija esa kelasi mavsumdayoq bo'y ko'rsatdi – autsayderlardan biri bo'lgan Fakel faxrli uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Milliy chempionatimiz birinchi ligasida faoliyatini davom ettirgan yiliyoq jamoaning nomi o'zgartirildi va shundan beri klub Mashal deya atala boshlandi. Jamoaning oliy ligaga chiqishida sobiq paxtakorchi, bosh murabbiy Boris Serostanov, Muborak tumani hokimi Jumaqul Qurbonov, homiylar – tuman gazni qayta ishlash korxonasi direktori Nuriddin Zayniev, Muborak gaz konlar boshqarmasi boshlig'i Ivan Kelesh kabi insonlarning xizmatlari beqiyos bo'ldi. Jamoa bosh murabbiyligiga garchi Vitaliy Ivanov taklif etilgan bo'lsa-da, o'yinchilarning aksariyati mahalliy yigitlar bo'lganligi etiborli edi. Oleg Qahhorov, Konstantin Smirnov, Fayzulla Ochilov, Asror Aliqulov, Zoir To'raqulov, Aleksandr Beynarovich, Anvar Berdiev, Komil Yagmirov, Vladimir Nadyarniy kabi qashqadaryolik futbolchilar viloyat sharafini oliy ligada munosib himoya qilishga kirishdilar. Yuqorida nomlari zikr etilganlar keyinchalik ham viloyat futboli saviyasini ko'tarish uchun o'zlarini shu sohaga bag'ishlaganliklari bilan hurmat qozondilar.

Biroq Mashalning oliy ligadagi yurishi muvaffaqiyatli kechmadi – ikki mavsumda ligadan tushib ketmadi-yu, lekin autsayderlar qatorida jon saqladi. Bu esa turgan gapki viloyat mutasaddilarini ham, ishqibozlarini ham qanoatlantirmasdi. 1997 yilga kelib, viloyat futboli strukturasida o'zgarish qilindi. 1-ligada pastki o'rinlarda yurgan viloyat markazidagi Nasaf jamoasiga oliy, oliy ligadagi Mashalga esa birinchi liga jamoasi maqomi berildi. Muborakliklar ustozligiga shu viloyat futbolida nom qozongan, ko'plab istedodli shogirdlar etishtirgan, Mashalda ikki yildan buyon ikkinchi murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Abdurahmon Yumangulov tayinlandi. Avvalgi yildagi tarkibdan kamchilik qoldi, aksariyat o'yinchilar yana mahalliy yigitlar evaziga taklif etildi. Ularning ko'pchiligi Yumangulovning shogirdlari edi: Ravshan SHarofuddinov, Komiljon Yagmirov, Baxtiyor Mamadiev, Dadajon Tog'aev va boshqalar.

Jamoa garchi birinchi ligaga tushirib yuborilgan bo'lsa-da, bu erdagi ish professional darajada davom etaverdi. Bahrom Vafoev nomli stadion tobora go'zallashib bordi. Uning yonida 1000 kishilik kichik stadion qad ko'tardi, yana ikkita futbol maydoni foydalanishga topshirildi. Bu ishlarning barchasiga Muborak gazni qayta ishlash zavodi direktori Nuriddin Zayniev bosh-qosh bo'ldi.

Jamoa bir paytlar, to'g'rirog'i, to'rt yil avval viloyat mutasaddilari qistovi bilan oliy ligadan birinchi ligaga aylanib qolgandi. SHundan buyon muborakliklar faqat yuqori o'rinlar uchun kurashishdi. Uch yil kuchli oltilikdan pastga tushmagan jamoa 2000 yili nihoyat quyi ligada faxrli ikkinchi o'rinni egallab, haqli ravishda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Birgina poytaxtning Akademiya klubini o'zidan yuqori pog'onaga o'tkazib yubordi xolos. Ammo O'FFning antiqa qarori muborakliklarni oliy ligaga chiqishdek umidlarini puchga chiqardi. Gap shundaki, 2000 yili oliy ligada 20ta jamoa ishtirok etgan bo'lsa, 2001 yildan uning safi ikkitaga qisqartirilishi rejalashtirildi. SHunday qilib, birinchi ligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olishi lozim bo'lgan, aksincha yuqori ligadan quyiga tushishi kerak bo'lgan Mashal va So'g'diyona klublari o'rtasida o'tish uchrashuvi tashkillashtirildi. Afsuski, sovuq kunlarda o'tkazilgan o'yinda jizzaxliklarga omad kulib boqdi va So'g'diyona oliy ligadagi joyini saqlab qoldi. Mashal esa yana birinchi ligaga ravona bo'ldi.

SHunda ham muborakliklarning kayfiyati tushib ketmadi, ishga yanada jiddiy kirishildi. Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishda 1-liga jamoalari ichida eng ko'p o'rtoqlik uchrashuvlari uyushtirildi. Bu esa oxir-oqibat o'zining ijobiy natijasini ko'rsatdi – muborakliklar 29-turda o'z maydonlarida SHo'rchi jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi va muddatidan oldin ikkinchi bor oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

MASH'ALNING OSIYO CHEMPIONLAR LIGASIDA QAYD ETGAN NATIJALARI

2006 yil. V guruhi
8 mart
Al-Minaa (Iroq) – Mashal – 0:1
Gol
: Z.Xolmurodov (31).
22 mart
Mashal – Al-Ayn (BAA) – 1:1.
Gol:
SH.Mirxoldirshoev (90).
12 aprel
Al-Hilol (S.Arabistoni) – Mashal – 5:0.
26 aprel
Mashal – Al-Hilol (S.Arabistoni) – 2:1
Gollar:
B.Qoraev (50), Z.Xolmurodov (84).
3 may
Mashal – Al-Minaa – 2:2.
Gollar
: J.Hasanov (30), SH.Mirxoldirshoev (72).
17 may
Al-Ayn – Mashal – 2:1
Gol:
Z.Xolmurodov (23).

Yuqorida keltirilgan lavhalar Mashal futbol klubi tarixidan parchalar xolos. Umid qilamizki, kelgusida ushbu klub tarixini to'liq qog'ozga tushiradigan ijodkorlarimiz ham topiladi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика