So’nggi yangiliklar

22:08U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  6 21:51U-23 Осиё кубоги. Мезбон Қатар Олимпиада йўлланмасидан маҳрум бўлди, Япония ярим финалда!  18 21:39Эрон футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши энг яхши ўйинимизни кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 21:14Биласизми? Роналду кунига беш маҳал ухлайди  11 20:48U-16 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Озарбайжонни мағлуб этди  1 20:20“Ордабаси” машғулотига номаълум шахслар ташриф буюриб, клубга ким хўжайин эканлигини кўрсатмоқчи бўлишди  5 20:01Карло Анчелотти Куртуа "Кадис"га қарши майдонга тушиши мумкинлигини тасдиқлади  2 19:39"Арсенал" кўрикка МЛСдан дарвозабонни таклиф қилди  0 19:17"Лейпциг" Хави Симонсни яна бир йил ўз сафида олиб қолмоқчи  0 18:54"Байер" ҳимоячиси "Бавария"га ўтиши мумкин  1 18:36Тиаго Силванинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  1 18:17Вирджил ван Дейк: "Эвертон"га қарши учрашувдагидек ўйин кўрсатсак, чемпион бўлолмаслигимиз аниқ"  6 17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  16 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  3 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  4

"Real" "Barselona"ni taslim etdi Yangiliklar

"Real" "Barselona"ni taslim etdi

"El klasiko" uchrashuvi tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.

Ispaniya chempionati, 9-tur.

"Real" - "Barselona" 3:1

"Santyago Bernabeu" stadioni.

Bosh hakam: Xesus Gil.

Gollar: Neymar (4), Ronaldo (35-penaltidan), Pepe (50), Benzema (61).

"Real": Kasilyas, Marselo, Pepe, Ramos, Karvaxal, Kroos, Modrich (Arbeloa, 89), Xames, Isko (Ilyarramendi, 83), Benzema (Xedira, 86), Ronaldo.

"Barselona": Bravo, Mate, Pike, Maskerano, Alvesh, Buskets, Xavi (Rakitich, 60), Inesta (Roberto, 72), Neymar, Messi, Suarez (Pedro, 69).

Ogohlantirishlar: Messi (9), Neymar (14), Pike (34) Inesta (38), Karvaxal (74), Ronaldo (90).

                                     MATNLI TRANSLYACIYA

                                                 YANGILASH


"Real" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona qo'rishguncha! Etiboringiz uchun tashakkur!


UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90+3` Ronaldoga sariq kartochka.


90+3` Messining tepgan zarbasi "o'xshamadi". Bugun Lionel Messining hech bir harakati "o'xshamadi".


90+2` "Barselona" jarima zarbasi ishlab oldi.


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` Modrich o'rniga Arbeloa tushirildi.


88` "Real" himoyasi ishonchli harakat qilmoqda.


87` "Real"da yana o'zgarish. Xedira Benzemani almashtiradi.


86` So'nggi daqiqalarda "Barselona"dan "vabank" ko'ramizmi?


85` "Real" raqibini to'psiz qoldirmoqda. "Barselona" o'z uslubida jazolanmoqda.


84` Isko o'rniga Ilyarramendi maydonga chiqdi.


83` "Real" himoyachilari bugun Messiga umuman "non" berishmayapti.


82` "Real" burchak to'pini bartaraf etdi va tezda qarshi hujumga o'tdi. Lekin Serxio Roberto so'nggi pallada jamoasini goldan saqlab qoldi.


81` "Barselona" burchak to'pini amalga oshiradi.


80` Pedro bir o'zi raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va ikki himoyachini ortda qoldirdi. Lekin uchinchi himoyachini aldab o'tishda unda kuch kolmadi.


78` "Real" pozicion hujumda harakat qildi. Lekin bundan naf chiqmadi.


77` Xavfli hujumlar soni keskin pasaydi. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda.


75` Ispaniya vice-chempioni mehmonda Ispaniya chempionatining bronza medallari sohibiga imkoniyatni boy bermoqda.


74` Karvaxal Matega nisbatan qoidani buzdi. Ogohlantirish.


73` Neymar darvoza tomon zarba berishda xatoga yo'q qo'ydi va natijada uning zarbasi juda bo'sh va noaniq chiqdi.


72` Inesta o'rniga Serxio Roberto tushirildi.


71` Inesta jarohat oldi va o'yinni davom ettira olmaydi.


70` Benzemaning faolligi evaziga mezbonlarning navbatdagi hujumi rivojlangandi. Lekin Ronaldo pas berishda xatoga yo'l qo'ydi.


69` Luis Suarez o'z o'rnini Pedroga bo'shatib berdi.


68` Rakitichning maydonga tushishi jamoasi o'yinini kuchaytira olganicha yo'q.


66` Messi jim. Hozircha argentinalik futbolchi deyarli hech narsa yarata olayotganicha yo'q. Suarez ham o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etib bera olayotgani yo'q. Lekin unutmaslik kerakki, Suarez uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytdi.


64` "Barselona"ning hujumi paytida Marselo jonbozlik ko'rsatdi va raqib hujumini buzib qo'yish bilan birgalikda jamoasini hujumini boshlab berdi. Xavfli tus olgan ushbu hujum Bravoning chaqqonligi evaziga mehmonlar uchun muvaffaqiyatli yakun topdi.


63` "Real" o'yin taqdirini hal etdimi? Yo'q, hali oldinda etarlicha vaqt bor. "Barselona" endi bor etiborini hujumga qaratishi aniq.


62` Inestaning xatosi va hisob o'zgardi. Isko to'pni Ronaldoga, Krishtiano esa Xamesga oshirdi. Rodrigez esa Benzemaga to'pni tashladi va Karim o'zining aniq va kuchli zarbasi bilan Bravo darvozasiga uchinchi golni kiritdi, 3:1!


61` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KARIM! BENZEMA!!!


60` "Barselona"da o'zgarish. Xavi o'rniga Rakitich tushdi.


60` "Barselona" hujum qilishda davom etmoqda...


58` Luis Suarez maydonda yiqildi. Lekin hakam Luisni o'zi yiqildi deb topdi.


57` Matening kuchli zarbasini Iker Kasilyas mahorat ko'rsatib qaytarib qoldi...!!!!


56` Italiya chempionati autsayderi "Sassuolo" "Parma"ni uyida raqibini tor-mor etmoqda. "Bayer" - "SHalke" o'yinida esa hisob ochilmagan. Aytdik-qo'ydikda....


55` Marselo - Kroos - Ronaldo - Isko kombinaciya xavfli chiqdi. Lekin Iskoning darvozaga yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. 

 

53` "Real" yana oldinga borgandi. Lekin Ronaldoga uzatib berilgan to'p ancha kuchli chiqdi va Ispaniya chempionatini to'purari to'pga etib kela olmadi.


52` Endi "Barselona" oldinga borishga majbur.


51` Burchak to'pidan uzatib berilgan to'pni PEPE boshi bilan darvozaga joylab qo'ymoqda, 2:1! PEPE!


50` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! PEPE!


50` "Real" burchak to'pi ishlab oldi.


50` Ikkinchi bo'lim birinchisi kabi shiddatkor boshlanmadi.


49` Pike "Real"ni hujumini to'xtatib qoldi va jamoasining navbatdagi hujumini boshlab berdi.


48` Messining jarimadan tepgan zarbasi "jonli devor"dan o'tmadi.


47` "Barselona" jarima zarbasi tepadi. Modrich Suarezni qoidaga zid ravishda to'xtatib qolgandi.


46` IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!


45` Hakam birinchi bo'limga hech narsa qo'shib bermadi. TANAFFUS!


44` Xames Rodrigez! Marseloning etkazib bergan to'piga Xames boshi bilan zarba berdi. Biroz noaniq.


43` Endi mezbonlar to'pni o'z maydonchalari atrofida ushlab turishibdi.


42` "Barselona" o'z uslubida to'pni nazorat qilmoqda.


41` Iker Kasilyas jarima maydonchasi ichiga etkazib berilgan to'pni qaytarib yubordi. "Real"ning tezkor qarshi hujumi esa uzilib qoldi.


40` Ketma-ket ikkinchi burchak to'pini mehmonlar amalga oshirishadi.


39` Karvaxal faol! Jamoasi hujumini rivojlantirishda ham, raqib hujumini bartaraf etishda ham...


38` Inesta Modrichga nisbatan qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.


37` Marselo va Dani Alvesh to'qnashuvida Alvesh aniq harakat qildi va to'pni raqibidan olib qo'ydi.


36` Krishtiano Ronaldo mo'ljalda adashmadi va hisobni tenglashtirdi.


35` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO!


34` Pike qo'li bilan to'pni qaytardi. Penalti!


33` "Real" burchak to'pini amalga oshirdi. Kroosning etkazib bergan to'pini Ronaldo boshi bilan darvozaga yo'naltirgan edi. Lekin to'p darvozaga bormadi.


32` Hozirgi ko'rsatilgan takroriy lavhada, qaysidir vaziyatda Pike Benzemaga nisbatan jarima maydonchasi ichida qoidani buzgan ekan. Lekin hakam bu vaziyatni etibordan chetda qoldirgan.


31` "Barselona" burchak to'pidan naf chiqara olmadi.


30` "Barselona" burchak to'pi ishlab oldi.


29` Jamoalar birin-ketin hujumlar uyushtirishmoqda.


27` Messi jarima maydonchasi ichida turgan jamoadoshi Neymar tomon to'pni erlatib uzatib berdi. Lekin Neymarning darvoza tomon yo'naltirgan zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.


26` Ronaldo! Krishtiano Ronaldo jarima maydonchasiga kirishi bilan himoyachi uning qarshisidan paydo bo'ldi. Ronaldo yiqildi va penalti so'radi. Hakam bu vaziyatda Ronaldoning oldida edi va bunga ortiqcha etibor ham qaratmadi.


25` Toni Kroos Messini oyog'iga zarba berdi. Bu bilan nemis futbolchisi Messiga 9 daqiqadagi xavfli o'yin uchun javob qaytargandek.


24` "Barselona"ning har bir hujumi juda xavfli chiqmoqda. Bu safar burchak to'pidan so'ng Busketsning tepgan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.


23` Messi Kasilyas darvozasini ishg'ol etishga urinib ko'rdi. Lekin Iker Kasilyas bu safar jamoasini goldan qutqarib qola oldi.


22` O'yin tempi ancha tushib qoldi. To'p asosan mehmonlar nazoratida.


20` Ronaldoning o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi.


19` "Barselona"ning navbatdagi hujumini Mate buzib qo'ydi. Mate Xavining etkazib bergan to'pini to'xtatib olishda xatolikka yo'l qo'ydi.


18` "Real" o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishdi.


17` "Barselona" ushbu standart vaziyatidan unumli foydalana olmadi.


16` Luis Suarez! Urugvaylik hujumchi jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.


15` Neymardan fint ko'rdik. Lekin bugungi uchrashuvdagi dastlabki gol muallifi to'pni maydonda saqlab qola olmadi. 


14` Neymar! Ogohlantirish. Braziliyalik hujumchi Karvaxalga qarshi qo'pol o'ynadi.


12` "Real" yuqori bosimni davom ettirmoqda.


11` KARIM BENZEMA! Darvoza ustuni va to'sini ikki bor mehmonlarni goldan saqlab qolmoqda!!!


10` Xavfli vaziyat!! "Real" hujumda! Marselodan ajoyib harakatlar! Uning qanotdan kirib kelib Benzema tomonga oshirib bergan to'pini Benzema bo'sh qolgan darvozaga kirita olmadi. Aniqrog'i, to'pga etib kela olmadi. 


9` Messi! Bu safar hakam uni kechirmadi! Lionel Messi endi Kroosga qarshi o'yin qoidasini buzdi. Sariq kartochka.


8` Messi Modrichga nisbatan qo'pol o'ynadi.


7` O'tkazab yuborilgan goldan so'ng "Real" jarima zarbasi ham tepishga ulgurdi. Lekin Ronaldoning tepgan to'pi "jonli devor"ga tegib qaytdi.


6` Benzema!!!! Karim Benzema Bravo bilan deyarli yakkama-yakka chiqib bordi va darvozaga to'pni to'g'irlab qo'ymoqchi bo'ldi. Lekin zarba mo'ljalga aniq bormadi.


5` Luis Suarez Neymarga to'pni oshirib berdi. Neymar esa bir himoyachini ortda qoldirdi va jarima maydonchasi oldidan Kasilyas qo'riqlayotgan darvozani o'zining aniq zarbasi ishg'ol etdi, 0:1!


4`  GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYMAR! VUHHHH! NEYMAR! AJOYIB START! DAHSHAT GOL!


3` Toni Kroos, Xames Rodrigez, Mate, Suarez, Bravo kabi futbolchilar uchun bugungi "klasiko" debyut hisoblanadi.


2` Dastlabki daqiqalardanoq shu aniq bo'ldiki, Mate bugun chap qanot himoyasida o'ynamoqda.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! "El klasiko"ga start berildi...


- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


- "Barselona" jamoasi Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida hali o'z darvozasidan to'p olib chiqmagan. Bugun ushbu seriyaga barham beriladimi? Yoki Bravo bugun ham o'z ismiga monand harakat qiladimi? Bularning barchasiga yaqin soatlar ichida javob olamiz.


Ronaldo - Xames - Benzema "trio"siga qarshi Messi - Neymar - Suarez "uchburchagi"!


- Har ikkala jamoaga omad tilagan holda, qiziqarli va chiroyli futbol bahsini kutib qolamiz.


- Xizmatingizda har ikkala jamoaga befarq bo'lgan kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari va "el klasiko"ni intiqlik bilan kutayotgan futbol shaydolari! Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan markaziy o'yin "Real" - "Barselona" bellashuvidan saytimiz orqali reportajimizni boshlaymiz. 


-Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi.


Ispaniya chempionati, 9-tur.

"Real" - "Barselona" 3:1

"Santyago Bernabeu" stadioni.

Bosh hakam: Xesus Gil.

Gollar: Neymar (4), Ronaldo (35-penaltidan), Pepe (50), Benzema (61)

"Real": Kasilyas, Marselo, Pepe, Ramos, Karvaxal, Kroos, Modrich (Arbeloa, 89), Xames, Isko (Ilyarramendi, 83), Benzema (Xedira, 86), Ronaldo.

"Barselona": Bravo, Mate, Pike, Maskerano, Alvesh, Buskets, Xavi (Rakitich, 60), Inesta (Roberto, 72), Neymar, Messi, Suarez (Pedro, 69).

Ogohlantirishlar: Messi (9), Neymar (14), Inesta (38), Karvaxal (74), Ronaldo (90)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика