So’nggi yangiliklar

10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  0 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  0 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  3 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  2 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   4 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  17

Mexdi Benatia klub rasmiy saytiga intervyu berdi Yangiliklar

Mexdi Benatia klub rasmiy saytiga intervyu berdi

"Bavariya" klubi rasmiy sayti "Roma"dan kelgan Mexdi Benatia bilan so'hbatni chop etdi.
fcbayern.de: Mexdi, sen "Bavariya" safida chempionlar ligasida o'z debyutingni nishonlading. Bu o'yindan so'ng yaxshi uxlay oldingmi?
- O'yindan so'ng bemalol uxlay olmadim. Yoqimli hissiyotlar juda ko'p. Buni so'z bilan ifodalash qiyin. Bugun mashg'ulotlardan so'ng dam olaman.

fcbayern.de: Qachon boshlang'ich tarkibda o'rin olishing haqida bilganding?
- CHorshanba kuni ertalab murabbiy mendan o'yinga tushishga tayyormisan deb so'radi. Menda albatta deb javob qaytardim. Har bir futbolchi bunaqangi o'yinda maydonga tushishni juda xohlaydi. SHundan so'ng Pep menga, hali yuz foizga tayyor emasligimni bilishini aytdi. Va shu o'rinda men ham unga bor kuchimni sarflashimni aytdim. Jamoa uchun hamma narsaga tayyorligimni bildirdim.

fcbayern.de:O'yindan oldin asabiylashdingmi?
- Asabiylashdim? Aniqrog'i, men o'zimni o'yinga tayyorladim va koncentraciyani yo'qotmaslikka harakat qildim. Bu o'yin men uchun juda muhim edi. "Bavariya" libosidagi ilk uchrashuvni yaxshi o'tkazmoqchi edim. Yana birinchi uchrashuvdayoq chempionlar ligasida maydonga tushdim. Men murabbiyni barcha ko'rsatmalarini bajarishga va uning maslahatlariga quloq solishga harakat qildim.

fcbayern.de: Nechchi foizga o'zingni tayyor deb hisoblamoqdasan?
- Boshim va yuragimda 100 foizga o'zimni tayyorman deb hisoblamoqdaman. Bu meni yangi mavsumdagi ilk jiddiy o'yinim bo'ldi. CHempionlar ligasida. "Manchester Siti"ga qarshi! Bungacha men 1,5 yarim oy o'ynamagandim. Ungacha ishtirok etgan barcha o'yinlarimning barchasi o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lgan. Endi men o'z o'yinimni kerakli pog'onaga olib chiqib, o'yin ritmini yo'qotmasligim kerak. Men ishonamanki, asta-sekin o'z sport formamni tiklab olaman.

fcbayern.de: CHempionlar ligasi haqida fikrlaring?
- Istalgan futbolchi CHempionlar ligasi haqida orzu qiladi. Bu klub miqiyosidagi eng katta turnir. "Bavariya" safida o'ynash esa bu juda katta baxt. Myunxen klubi tarkibida ekanligimdan faxrlanaman.

fcbayern.de: Jamoadoshlaring nimalar deyishdi?

- Hamma meni tabrikladi. Murabbiylar, menejer, klubdagilarni barchasi ilk o'yinim bilan qutlashdi. Bu juda yoqimli. Yangi jamoaga kelganingda boshida oson bo'lmaydi. Yangi tilni o'rgandim, jarohatim biroz bezovta qildi. Lekin har daqiqada klub meni qo'llab-quvvatlaydi. Buni to'liq his etmoqdaman.

fcbayern.de: Oilang ham Myunxenga keldimi?
- Meni oilam shu erda. "Manchester Siti" bilan bo'lgan o'yinni otam stadionga kelib tomosha qildi. Rafiqam bu erga ko'chib o'tish ishlari bilan shug'ullandi. Men bu vaqtda rafiqam tufayli mashg'ulotlarda bemalol ishlashga muvaffaq bo'ldim. O'yindan oldin mehmonxoda tunadim. Ertaga yangi uyimizga ko'chamiz. Asta-sekinlik bilan Myunxendagi ishlarim o'z joyiga tushib bormoqda.

fcbayern.de: "Bavariya"dagi qaysi jamoadoshing senga ko'proq yordam bermoqda?

- Albatta Frank Riberi. U nemischada ham, francuzcha ham gapira oladi. Riberi menga ko'p bora tarjimonlik qilib kelmoqda. Umuman olganda hamma futbolchilar qo'llaridan kelgancha yordam berishmoqda. "Bavariya"dagi hamma futbolchilar juda zo'r bolalar ekan. Klaudi Pisarro, Rafinya, Dante va boshqalar. "Bavariya"da bo'lish juda ajoyib. Bu erdagi vaqtni maroq bilan o'tkazmoqdaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика