So’nggi yangiliklar

08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  6 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  0 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  0 08:15U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 3:0   1 08:04Италия Кубоги. «Ювентус» — дастлабки финалчи  0 07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  26 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  10 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   2 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  14 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  7 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  5 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12

La Liga, 4-tur. PREVYU Yangiliklar

La Liga, 4-tur. PREVYU

Ispaniyada to'rtinchi tur bugun start oladi, bizni nimalar kutmoqda?
“Atletiko Madrid” – “Selta”
SHanba, Madrid, Visente Kalderon, hakam Martines Munuera
Maydonga tusha olmaydi:
Kristian Rodriges – Augusto Fernandes, Borxa Oubinya

Bir qarashda La Liganing navbatdagi turida yaqqol ajralib turgan, gollarga boy bo'lishi kutilayotgan uchrashuv yo'qdek. Ammo ishonavering bu chempionatda zerikishga vaqtingiz bo'lmaydi.

Hozircha, o'tgan 3 turdan so'ng vigoliklar yomon taassurot qoldirishmayapti va ularning hisoblarida 5 ochko mavjud. Bundan ko'rinib turibdiki, “Selta” hali biror marta ham mag'lub bo'lmagan. Yangi murabbiy Eduardo Bericco jamoa o'yin uslubiga katta o'zgartirishlar kiritib o'tirmadi. Boshqacha qilib aytganda uni “buzmay” qo'ya qoldi. Jamlangan futbolchilar o'z vazifalarini yaxshi saviyada bajarishmoqda.

Bir necha kun oldin “Atletiko” CHempionlar Ligasi doirasida Greciyada, “Olimpiakos” mehmoni bo'ldi va mag'lub bo'lib qaytdi. O'tgan mavsumda ispan jamoasi finalga qadar etib borganini inobatga olsak, bu o'ziga hos sensaciya. Lekin jamoa avvalgi mavsumda o'ziga (futbolchilariga) obro' orttirish uchun intilgan va guruh bosqichidanoq raqiblarini “enasini ko'rsatib” kuzatib qo'yardi. Bu mavsumda Simeone jamoasi og'ir-bosiqlik bilan umumiy natija uchun harakat qilishi ko'rinib turibdi. Mehmonda uchralgan birgina mag'lubiyat bu yo'lda to'siq bo'lishi qiyin. Lekin Yunonistondagi uchrashuvda “indeyslar” uchun jon kuydiradiganlarni xursand qila oladigan hech narsa ko'rinmadi.



Endi Diego Simeone o'z yordamchisi orqali tarkibni biroz o'zgartirish va asosiy futbolchi deb o'rgangan futbolchilarimizga dam berilishi mumkin. Bundan jamoa o'yini jabr chekmasa ajablanmang. Sababi argentinalik murabbiy taktikasi ham ana shunda. Maydonda kim harakat qilmasin, o'yin uslubi o'zgarmaydi.

Tan olish kerak, baribir jamoa o'tgan mavsumdagi holatida emas. SHu sababli xattoki “Selta” bilan uchrashuvda ham “Atletiko” muammolarga duch kelishi mumkin.

“Elche” – “Eybar”
Juma, Elche, Martines Valero, hakam Xayme Latre
Maydonga tusha olmaydi
: Manu Del Moral, Didak Vila
Turni Elchedagi bahs ochib beradi. Ushbu shaharga Eybar mehmon bo'lib sifatida tashrif buyuradi.

To'g'ri bu uchrashuvda grand jamoalar yoki jahon futboli yulduzlari harakat qilishmaydi. Lekin ispan futboli ishqibozlarini o'rtamiyona jamoalarning murosasiz bahsi befarq qoldirmasligi aniq.

“Eybar” “MYU”, “Real”, “Barsa”, “Manchester Siti”ning bazi futbolchilarining maoshidan ham kamroq byudjeti bilan, Premerada yo'qolib qolmayapti. Hozirning o'zida ishonch bilan aytish mumkinki, Xavi Lara jamoasining yakuniy natijasiga qaramay, La Ligada qoladi.

SHu bilan bir qatorda hakam Xayme Latrening debyutini etirof etish zarur. Hakam shu mavsumdan La Liga uchrashuvlariga qo'yila boshlandi. Albatta uning harakatlarini kuzatish ham qiziq bo'ladi.

“Deportivo” – “Real Madrid”
SHanba, La-Korunya, Riasor, hakam Peres Montero
Maydonga musha olmaydi:
Farinya, Insua, Lukas Peres, Salomau – Karvaxal, Xedira, Xese.

Uzoq vaqt “Riasor” madridning Reali uchun shunchaki daxshatli stadion edi. Bilasizmi, La-Korunyadagi ushbu omadsiz seriya kam emas, ko'p emas 17 yil davom etgan. O'zi uchun omadsiz seriyani “qaymoqranglilar” faqatgina 2010 yilning boshlarida to'xtata olgan.

Bugungi kundagi jamoani o'sha vaqtlarning “Depor”i bilan solishtirishning o'zi biroz noqulaydek. Axir hozirgi jamoa butun Evropada nom qozongan “Depor”ga negadir o'xshamayapti. O'z maydonida harakat qilishi la-koruniyaliklarga qandaydir ustunlik berar, lekin bu muammolari etarli bo'lgan “Real”ni engishga ham kamlik qilsa kerak.

Karlo ota “gvardiyasi” CHempionlar Ligasida ishonchli g'alaba qozonib, avvalgi omadsizliklarni qisman bo'lsada yuva oldi. “Bazel” to'g'ri kelib qolgan “o'qqa tutish”, jamoaga juda kerak edi. Ana endi milliy chempionatda ham ochkolar osonroq qo'lga kiritilar.



“Atletik” – “Granada”
SHanba, Bilbao, San Mames, hakam Teysheyra Vitenes
Maydonga musha olmaydi:
El Arabi
SHu haftada basklar doneckning  SHaxteri bilan durrang o'ynadi va CHLga qaytishini bir ochko bilan nishonladi.
Endi jamoa “Granada”ni qabul qiladi. Umuman olganda granadaliklar yo'ldan chiqishi mumkin bo'lgan eng kuchli raqiblardan emas. SHu sababli “Atletik”ning g'alabasi ehtimoli yuqori. Lekin biz jamoaga “ikkinchi front” qanday tasir qilishini bilmaymiz. SHu sababli jiddiy qarorlardan o'zimizni tiyamiz.


“Espanol” – “Malaga”
SHanba, Barselona, Kornelya El Prat, hakam Iglesias Vilyanueva
Maydonga tusha olmaydi:
Ektor Moreno – Tissone, Duda
Avvalgi turda vanihoyat Malaga uchrashuvni qizil kartochka olmay tugatdi. Natijada durrang natija qayd etildi. Lekin avvalgi kartochkalarning tasiri hali ham bilinmoqda. Birinchi turda maydondan chetlatilgan Duda navbatdagi uchrashuvda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Mehmonlarga Duda yordam bera olmadyi, lekin Barselonaliklarga esa nima yordam bera olishini aytish qiyin. Dastlabki turlarda “Espanol” futbolchilari yaxshi taassurot qoldira olishmadi. Voqealar shunday davom etsa, Serxio Gonsales bosh murabbiy lavozimida uzoq qolmasligi aniq. “Malaga” bilan bo'ladigan o'z uyidagi uchrashuv bu borada jdua muhim.


“Real Sosedad” – “Almeriya”
Yakshanba, San-Sebastyan, Anoeta, hakam Estrada Fernandes
Maydonga tusha olmaydi:
Surutusa, Rulli

"Sosedad" hamyurtimiz Odil Ahmedovning jamoasi “Krasnodar”ning “xizmatlari” evaziga Evropa Ligasidan “qutulib qoldi”. Lekin ichki chempionatda ham g'alabalar osonlikcha qo'lga kiritilmasligini avvalgi tur ko'rsatib berdi.

Fransisko Rodriges jamoasi xaqida gapirsak, klub yorqin futbol namoyish eta olmayapti. Lekin tartib-intizom evaziga ikki ochko qo'lga kiritildi. Lekin o'yin va natijalarni yaxshilab borilmasa, raqiblar kutib “o'tirishmaydi”.


“Vilyarreal” – “Rayo Valekano”
Yakshanba, Vilyarreal, El Madrigal, hakam Prieto Iglesias
Maydonga tusha olmaydi:
Uche, Djovani, Yokich, Ernan Peres, Xayme Kosta – Amayya

Bugungi kunga kelib, mezbonlar ustozi Marselino hujum chizig'idagi muammolar girdobida qolgan. Vetto hali jamoaga etarli darajada kirishib keta olmadi. Qolgan hujumchilar ham yaxshi sport formasida emas. Albatta, Jovanni Dos Santos jamoaga etishmayapti. Meksikaliksiz sariqlarning hujum chizig'i etarli muammolarga duch kelmoqda.



“Levante” – “Barselona”
Yakshanba, Valensiya, Syutat de Valensiya, hakam Gonsales Gonsales
Maydonga tusha olmaydi:
David Navarro, Ivan, Karabelas, El Adua, Xuanfran, Gavilan – Vermalen, Masip

"Barselona" Valensiyada “Levante” mehmoni bo'ladi. Kataloniya klubi – bugungi kunga kelib, yuz foizlik natija bilan maqtana oladigan yagona jamoa. Bu turdan keyin ham bu hol o'zgarmasa ajab emas.

SHu joyda takidlash o'rinliki, “Barselona” unchalik yorqin o'yin namoyish etmayapti. Xar holda tomoshabinlarni o'rgatib qo'ygan o'yinini namoyish eta olmayapti. SHu sababli ham Luis Enrike har safar g'alabani qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatlardan to'laqonli foydalanishga majbur bo'lmoqda.

Kataloniyaliklarni oqlash uchun raqiblar Atletik va Vilyarreal bo'lganligini keltirish mumkin. CHempionlar Ligasidagi APOELga qarshi bahsni inobatga olmaymiz.
“Levante” bilan bahsda biror muammo tug'ilishi juda qiyindek. Xose Luis Mendilibar yangi jamoasini o'yinini o'rganayotgandek. Natijalarga qarasak, bu hol biroz cho'ziladiganga o'xshamoqda.

Avvalgi turda Malagada “Levante” nihoyat bir ochko ishlab oldi. Lekin jamoa o'yini ideal holatdan ancha yiroq. Valensiyaliklar deyarli 90 daqiqa himoyada harakat qilishga majbur bo'ldilar va vaqti-vaqti bilan o'z darvozalaridan gol o'tkazib yuborishga bir necha bor, juda yaqin kelishdi. “Barsa” hujumchilarining darajali ancha yuqori ekanligini inobatga olsak, “Levante”ga bu uchrashuvda havas qilib bo'lmaydi. Faqatgina futbol mo'jizasigina mezbonlarni mag'lubiyatdan qutqarib qolishi mumkin.

SHuningdek bu turdan yana “Xetafe” – “Valensiya” va “Kordoba” – “Sevilya” uchrashuvlari o'rin olgan.

Xetafe - Valensiya
Dushanba, Xetafe, Kolliseum, hakam - Undiano Malenko
Maydonga tusha olmaydi:
Pedro Leon  De Pol

Kordoba - Sevilya
Yakshanba, Kordoba, Nuevo Arkangel, hakam - Velasko Kabralo
Maydonga tusha olmaydi:
Xunino, Xose Karlos, Luso, Kabalero  Barbosa, Betu, Gameyro, Kristoforo


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика