So’nggi yangiliklar

10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  0 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  6 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  7 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  1 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   5

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VI bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VI bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobi oltinchi bobining dastlabki qismini taqdim etamiz.
Davomi. Boshi quyidagi havolalarda:

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IV bob

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IV bob (davomi)

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob (davomi)

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VI bob

Nima ham qilardim. Jambojumboning siyosati menga ham aksini ko'rsatgandi. Kattaroq pul ishlash uchun o'zim ishlashim zarur. Qamalib chiqqanimdan so'ng dunyo tezda o'zgarayotganini tushungandim. Muhim narsalar internet orqali bo'lib o'tayotgandi. Do'stlarim ham endi telefon orqali emas, internet orqali “stavka” qo'ya boshlagandilar.

2007 yilning sentyabrida Xitoy ayollar o'rtasidagi JCHni qabul qildi. Biz Tan va Yap bilan yana afrikaliklarga murojaat qildik va Nigeriya terma jamoasining ikkita futbolchisini kechki ovqatga taklif qildik:



-   Men futbol agentiman. Evropada to'p surishni istamaysizlarmi? Noutbukingiz bormi? Qo'l telefoningizchi? Istaysizmi, men sizlarga sovg'a qilaman!

Ular mening sovg'alarimni qabul qilishdi. Bu ular meni policiyaga topshirib yubormasliklarining kafolati edi. Agar ish o'xshamasa – qo'l telefonini yo'qotish katta yo'qotish emas. Biz ulardan darvozabon bilan kelishishni so'radik. Darvozabon biz bilan ishlashni istamadi. Qizlardan biri oldimizga keldi:

-   Darvozabonning aytishicha, siz unga Greciyadagi Olimmpiada vaqtida ham taklif bilan chiqqan ekansiz...

-   Bo'lishi mumkin emas. Men hech qachon u bilan uchrashmaganman.


Men Palning 2004 yilgi Olimpiadada ish qilganini esladim. U bizni adashtirdi shekilli. Biz ularga 4 ta noutbuk va 4 ta mobil telefoni sovg'a qildik.

-   Yaqinda SHimoliy Koreya bilan o'ynaysiz. Yutqazishni istamaysizmi?


Ular rozi bo'lishdi. Biz garov sifatida 60 ming dollar qoldirdik.

Nigeriya terma jamoasiga 1,5 fora berishayotgan edi. Lekin, Yap va Tan ko'proq ishlashni istadilar va 2,5 ga “stavka” qo'ydilar. Ulardan uchta to'p farqi bilan mag'lub bo'lishni so'radilar. Birinchi bo'limdan so'ng hisob koreyaliklar foydasiga 2:0. Ikkinchi bo'limda ular to'pni o'zlarida nazorat qilib yurishdi va darvoza tomon umuman zarba bermadilar. “Stavka”miz yutmadi.

-   Pulni ulardan qaytarib olishing lozim, - dedi Tan.

-   Ahmoqmisan? “Stavka” faqat birinchi bo'lim uchun va o'yindagi g'alaba uchun edi. Qizlar faqat to'p farqida adashishdi. Ular ham nimadir olishlari lozim.


Tan o'zining ishlari bilan boshqa shaharga ketgandi. Men esa Yap bilan xonada o'tirardik. Men pastga tushib qizlardan pulni olishim lozim edi. Lekin, undan ham yaxshiroq narsa o'ylab topdim. Tashqarida bojxonadagi bir yigitni uchratib qoldim. U 500 dollar evaziga xonamizga kirishga va shu gapni aytishga rozi bo'ldi: “Men senlarni nima ish qilayotganlaringni bilaman. Agar 5 minutdan so'ng ketmasalaring policiya chaqiraman”.

Men xonaga Yapning oldiga qaytib o'sha bolaga qo'ng'iroq qildim. U yaxshi aktyor chiqib qoldi va men so'ragan narsani qoyilmaqom qilib ijro etib berdi. Yap qo'rqib ketgandi va  qo'rqib qochib ketdi. Men xonada qoldim va qizlarning oldiga kirdim:

-   40 mingni o'zingizda olib qoling. 20 ni esa qaytarib bering. Uchta gol o'tkaza olmadinglar.

Keyingi kuni Yap bilan boshqa shaharda uchrashdik.

-   Yaxshiyam bizni tutib olishmadi, - xursand bo'ldi Yap.

Keyingi kuni Singapurga qaytdim va JCH taqvimini qarab chiqdim. Gana terma jamoasi Norvegiyaga qarshi o'ynashi kerak edi. Afrikaliklar guruhdan chiqish uchun barcha imkoniyatni qo'ldan chiqarishgandi. Norvegiya esa kuchli o'yin ko'rsatardi.

Ganalik bir qizga qo'ng'iroq qildim: “Turnirdan chiqib ketdinglar va uyga bir tiyinsiz qaytasizlar. Men bilan esa 75 ming ishlab olishingiz mumkin”. U rozi bo'ldi va dugonasi bilan gaplashdi. Tanishim bilan birga Gana delegaciyasi istiqomat qilayotgan Ganju shahriga jo'nab ketdim. Otelda barcha bizga shubhalanib qaray boshlagandi. Xonaga chiqayotganimizda esa ortimizdan ikkita odam kelayotgandi:

-   Bu erda nima qilyapsizlar? Hujjatlaringizni ko'rsating.

Ular policiyachilar edi. Nahotki qizlar bizni sotishgan?

-   Men futbol agentiman. Ayollar o'rtasidagi JCHni kuzatyapman.

-   Bu erda shuning uchun yuribsizmi? Ishonmayman. Tashrifdan maqsadingiz nima?

-   Bu erda yaxshi futbolchilarni qidirib yuribman.

-   Bu erda nima qilayotganingizni bilamiz. Bu erdan keting.


Ular bizni va pasportlarimizni suratga olishdi. Singapurga qaytib ketdik. Gana esa 2:7 hisobida yutqazdi. Nima uchun ular puldan voz kechishdi?
Noyabrda esa Vetnamda 23 yoshli futbolchilar o'rtasida AgriBank Kubogi o'tkaziladigan bo'ldi. Zimbabve FAdagilarning o'zlari menga murojaat qilishdi. Men Tandan ularning kelishiga pul so'radim. Lekin, uning bossi buni istamadi. SHundan so'ng esa Vetnam FA ga qo'ng'iroq qilib Zimbabvening aviachiptalarini sotib olishlarini so'radim. Ahir ular homiylik pullarini olishgan va barcha terma jamoalarning harajatlarini ko'tarishlari zarur. Yakunda ular rozi bo'lishdi.
Tanning bossi menga pul berishni istamagan bo'lsada, tanishim Sivarajni chaqirdim. Keyin bilsam, Jombajumbo Tan bilan ishlayotgan ekan.
Men Jambojumboning xonasiga chiqdim. Undan qo'ng'iroq qilib olish uchun deb, telefonini oldim. Hammomga kirib ketdim va uning sim kartasini o'zimning telefonimga qo'yib oldim.

-   Xayr Jambojumbo.

Yapga SMS yubordim: “Salom. Menga bitta o'yin uchun qancha to'lamoqchisan?

“Uilson Raj Perumal sen bilan gaplashdimi?
”, - deya javob qildi Yap.

“Yo'q”.



O'yin boshlanishiga bir soat qolgan. Bukmekerlik saytlarida esa haliyam koefficientlar qo'yilmagan. Stadionga yo'l oldim. Tribunada Tan va Yapni mamnun holda uchratdim.

-   Nima qilyapsizlar? Axir bu chempionatda ishlamaymiz degandinglarku. Jamoa bilan men kelishganman-ku. Nimaga orqamdan ish qilyapsizlar?

Ular menga tashlanishdi.

SMSni Jambojumbo emas, men jo'natgandim.
Tan Yapga qarata:

-   Aytdimku senga. Bu lanati bizdan aqlliroq.

Barcha kuldi. Koefficientlar u saytda qo'yilmadi. Zimbabveliklar quruq qo'l bilan ortga qaytib ketdilar.

SHundan so'ng Singapurga qaytib ketdim va osoyishta yashay boshladim. Pul etarli edi. SHu sababli, tinchgina keyingi imkoniyatni kuta boshladim. Mahalliy o'yinlarga etiborimni qaratmasdim. CHunki policiya meni ogohlantirgan. Men boshqa joyda kelishilgan o'yinlar tashkil qilish xavfsizroq ekanini tushunib etgandim.

2008 yilning yanvarida Ganada Afrika millatlari Kubogi bo'lib o'tdi. Vaziyatni o'rganish uchun o'sha erga uchib bordim. Afrika ko'chalari bir-biriga o'xshab ketardi: sizga nimalarnidir taklif qilib yuradigan tilanchilar. Men ularning mehnatini hurmat qilaman. Ertalabdan kechgacha issiqda pul ishlash oson emas. Ularga achinaman, lekin nima qilish kerak? Nima uchun Afrika Singapur darajasiga chiqa olmaganiga tushuna olmayman. Axir bizdagilar ham ularnikidan kam bo'lmagan korrupciya botqog'iga botgan. Lekin, tushunishimcha biznikilar xalq haqida ham qayg'uradilar.

Tan bilan Yap ham Akkraga etib borishdi. Biz alohida ish qilardik. Ular Benin terma jamoasi bosh murabbiyi – germaniyalik Raynxard Fabishani sotib olishga harakat qilardilar. Ushbu harakat haqida gazetalar ham yozib chiqqandan so'ng ortga chekinishga majbur bo'ldilar.
Men Namibiya terma jamoasi bilan bir otelda istiqomat qilardim. U erda delegaciyaning bir necha vakillari bilan tanishib qoldim. Xonam Atel ismli darvozabonning xonasiga qarama-qarshi joylashgandi. Undan savollarimga javob ololmadim. Uning qulog'i kar ekanligini keyinroq bilib qoldim. Nima qilsam bo'ladi? Unga qog'ozda o'zimga kerakli bo'lgan hisobni yozib berdim. U bilan chiqishib ketgunimcha Namibiya terma jamoasi futbolchisi Kolin Benjamin rasmiy shaxslarni chaqirib ustimdan arz qildi. Menga otelni tark etishim zarurligini aytishdi. O'sha kunning o'zida Tan va Yap bilan birgalikda Akkradan uchib ketdim.

Singapurga quruq qo'l bilan qayta turib gazetada Malayziyada bo'lgan xalqaro turnir haqida o'qib qoldim. U Xitoydagi turnir oldidan 23 yoshli futbolchilar o'rtasidagi o'ziga xos tayyorgarlik musobaqasi edi. Uni mahalliy “Oktago” nomli kompaniya tashkillashtirgandi. O'shanda Malayziya FA vakillari meni “Oktago” vakili sifatida tasavvur qilgandilar. Turnir boshlanishiga ikki oy qolganida stol atrofiga yig'ildik. SHunda men taklif qildim:

-   Men agentman. Afrikaliklar bilan munosabatim yaxshi. Turnirga ikkita Afrika terma jamoasini olib kelishim mumkin.


Ular mening taklifimni taklif qildilar. Nazarimda, ular turnirga Zimbabveni emas, Nigeriya, Gana kabi terma jamoalarni olib keladi deb o'ylagandilar. Xizmatim uchun 150 ming ringgit oldim. Ushbu pullarni esa APL o'yinlarida yutqazib qo'ydim. Kelishilgan o'yinlar tashkil qilish uchun pulim qolmagandi. SHu sababli sherik qidirish bilan shug'ullandim. Bunda menga akam yordam berdi. U meni Dan Tan bilan ish olib borgan Murugan bilan tanishtirib qo'ydi. Men unga rejalarimni tushuntirib berdim. Jamoaning aviachiptalari uchun pul kerak edi. Lekin Dan Tan pulni bukmekerlik saytlari bilan ishlaydigan bir xitoylikka qarzga bergandi. U orqali milliardlab dollar daromad kelardi.  

Saytlar o'yinning halolligi borasida ko'p ham qayg'urmasdi. Maxsus dasturlar yordamida agar qaysidir o'yinga katta pul tikilsa, koefficientlarni pasaytirib yuborardilar. Xitoylikda pul juda ko'p edi. Men o'z xizmatlarim uchun 80 ming dollardan olishni so'ragandim. U rozi bo'ldi. Men yangi homiy topgandim.
Nigeriya terma jamoasi Olimpiadaga yo'l olgan va o'rtoqlik uchrashuvlari ular uchun zarur edi. Nigeriyalik tanish agent menga futbol federaciyasining shartnomasini taqdim etdi. Ular turnirda qatnashishga rozilik bildirgandi.

Ikkinchi jamoa esa Gana edi. Biz ular bilan elektron pochta orqali uzoq vaqt muzokara olib bordik. Ular avvaliga rozi bo'lishdi. Keyin esa hal qilish uchun biroz vaqt so'radilar. Ganaga uchib borishga to'g'ri keldi. U erda meni bosh kotib kutib oldi:

-   Sizga 23 yoshli terma jamoa zarurmi?

-   Xa.

-   Afsuski, Olimpiadaga yo'llanma olmaganimiz uchun jamoani tarqatib yuborganmiz.

-   Boshqa jamoa tuzing.

-   Vaqt kam-ku.

-   Ok, yana ko'rishamiz,
- dedim.

Ikkinchi jamoani qaerdam topsam bo'larkin-a? Yaqinroq va menga tanish bo'lgan davlatlardan biri Togo edi. Lomaga uchib bordim. Har qadamda plakatlarga ko'zim tushardi: “Giyohvand moddalar olib yurmang”. Bu narsa Singapurda ham jiddiy muammo. Agar 15 gramm narkotik modda olib yursang seni o'lim jazosiga hukm qiladilar. U erda sening mayda olib-sotar yoki narkobaron ekanligingga qarab o'tirishmaydi. Bir mamlakatda bemalol marixuana chekib yurishsa, boshqasida bu narsa uchun o'lim jazosiga hukm qiladilar. O'limga hukm qilingan mahkum qarindoshlari bilan uchrashadi, suratga tushadi, kechki ovqatni tanovul qiladi. Undan so'ng esa osiladi...

Togo poytaxti Lomada mahalliy futbol associaciyasining bosh kotibi bilan uchrashdim.

-   Menga jamoa kerak.

-   Bizda 23 yoshli terma jamoa yo'q.

-   Siz shunchaki futbol o'ynashni biladigan va Togo terma jamoasi libosida to'p surishga haqqi bor odamlarni yig'ing.

-   Bizda 17 yoshlilar o'rtasidagi JCHda qatnashgan jamoa bor. Ularni chaqirsak ham bo'ladimi?

-   Ha, bo'ladi.




Men Malayziya FAga Togoning Singapurga Amsterdam orqali uchib borganini xabar qildim. Singapurda meni Mega kutib oldi. Yo'lda gazeta orqali Singapur bir necha kun oldin JCH-2010 saralashida Livan terma jamoasini qabul qilgani haqida o'qib qoldim. Demak, livanliklar hozir aeroportda. Mega mashinani ortga qaytardi va biz ularning oldiga jo'nab ketdik...

(Davomi bor...)

Aziz To'xtamurodov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика