So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Mirjalol Qosimov “Million” guruhining taqlidiga o'z munosabatini bildirdi Yangiliklar

Mirjalol Qosimov “Million” guruhining taqlidiga o'z munosabatini bildirdi

Bugun O'FF binosida O'zbekiston - Yangi Zelandiya o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani o'tkazildi.
Mirjalol Qosimov va Temur Kapadze ishtirok etgan anjumanda oxirgi savolni berish kaminaga nasib qildi. SHunda o'rnimdan turib, anchadan beri o'ylab yurganimni savol tariqasida terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qo'shoqovichga berdim:

“Mirjalol aka, agar savolim og'ir botsa oldindan uzr so'rayman. Ko'rdingizmi-yo'qmi, “Million” guruhi oxirgi ikkita koncertida sizni taqlid qilib chiqdi. SHuningdek, Iordaniya bilan o'yin kuni stadionda bazi muxlislarning egnida “Bolada ayb yo'q” yozuvi tushirilgan futbolkalarni ko'rdik. Bu kabi narsalar sizning nafsoniyatingizga tegadimi yoki unchalik etibor bermaysizmi?”

O'z navbatida Mirjalol Qosimov mazkur savolga quyidagicha javob qaytardi:

“Imkon qadar bunday narsalarga etibor bermaslikka harakat qilaman. Qolaversa, xalqimizda bir gap bor: elning og'ziga elak tutib bo'lmaydi. SHunday ekan, men “Million” guruhining taqlidini to'g'ri qabul qilaman, chunki odamlarni kuldirish ularning ishi".

"Yaqinda bir tadbirda o'sha guruh yigitlari bilan ko'rishib qoldik va ular mendan kechirim so'rashdi. SHuni aytishim mumkin, futbolda nima ish qilayotgan bo'lsam, hech qachon uyalmaganman. Qolaversa, sening ortingdan gapirishyaptimi, demak sen ulardan bir qadam oldindasan degan gapga amal qilaman".

"Men bu kabi holatlardan bir qadam yuqorida bo'lishga harakat qilaman. Balki, ish faoliyatim jarayonida qaerdadir xatoga yo'l qo'yayotgan, nimanidir o'xshata olmayotgan bo'lishim mumkin, lekin har doim o'z ishimni sidqidildan bajarishga intilganman. Qiziqchilar esa kimlarni taqlid qilmaydi deysiz. Kuldirish ularning tirikchiligi, ular ham oilasini boqishi kerak”.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика