So’nggi yangiliklar

07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  21 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  9 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   2 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  11 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  5 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  151 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  30 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  21 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  13

Iordaniya va Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinlar uchun terma jamoa tarkibi malum Yangiliklar

Iordaniya va Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinlar uchun terma jamoa tarkibi malum

30 avgustdan etiboran, O'zbekiston terma jamoasi Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligida poytaxtimizdagi "Jar" stadionida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
Xabar berganimizdek, kecha yig'inning ikkinchi kuni terma jamoamiz "Paxtakor" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida 2:2 hisobini qayd etishdi.

Etiborlisi, o'yindagi barcha gollar "paxtakorchilar" tomonidan kiritildi. Terma jamoa safida Igor Sergeev va Vladimir Kozak o'zlarini ko'rsatishgan bo'lsa, "Paxtakor" tarkibida Bahodir Pardaev va Anvar Soliev gollarga mualliflik qilishdi.

Malumki, 4 sentyabr kuni "Paxtakor" markaziy stadionida Iordaniya milliy terma jamoasiga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvida Osiyo o'yinlariga yo'l oladigan futbolchilarimiz maydonga tushishadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning bizga xabar berishicha, hozircha yig'inda quyidagi futbolchilar ishtirok etishyapti. 

Darvozabonlar:  Eldor Suyunov ("Nasaf"), Nikita Ribkin ("Paxtakor")

Himoyachilar:  Egor Krimec, Davron Hoshimov (ikkisi "Paxtakor"), Bobur Yo'ldoshev, Islom To'xtaxo'jaev, Salim Mustafoev (hammasi "Lokomotiv"), SHerzod Fayziev ("Mashal"), Azamat Isroilov ("Olmaliq").

Yarim himoyachilar:  Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov (hammasi "Paxtakor"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Fozil Musaev ("Lokomotiv"), Dilshod Jo'raev, Sardor Rashidov (ikkisi ham "Bunyodkor"), Farrux Sayfiev ("Nasaf").

Hujumchilar:  Igor Sergeev ("Paxtakor"), Farhod Tojiev ("Lokomotiv"), SHahzodbek Nurmatov ("Metallurg"), Navro'zbek Alimov ("Qizilqum").

Tizzasidagi jarohat sabab "Neftchi" hujumchisi Pavel Smolyachenko terma jamoa lagerini tark etib, o'z klubi ixtiyoriga qaytib ketdi. Legionerlardan esa Server Jeparov, Temur Kapadze va Aziz Haydarov Toshkentga etib kelishdi.

Bugun tunda Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov hamda Vitaliy Denisovning kelishi kutilyapti. Xitoyning "CHangchun Yatai" klubida to'p tepib kelayotgan himoyachi Anzur Ismoilov esa ertaga terma jamoa safini to'ldiradi.   

8 sentyabr kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvda asosiy va shu bilan birga bugungi kundagi eng kuchli tarkib maydonga tushadi. Bo'lajak o'yinda "Lokomotiv"dan Ignatiy Nesterov, Jasur Hasanov (kattasi) va SHavkat Mullajonovning ham maydonga tushishi kutilyapti. Boisi, bu futbolchilar ham yig'inda ishtirok etishadi.

Kamoliddin ALIMOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика