So’nggi yangiliklar

08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  5 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  0 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  0 08:15U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 3:0   1 08:04Италия Кубоги. «Ювентус» — дастлабки финалчи  0 07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  26 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  10 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   2 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  14 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  7 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  5 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12

Mirjalol Qosimov: "Maydonda ikkinchi Mirjalol Qosimov ham yo'q" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Maydonda ikkinchi Mirjalol Qosimov ham yo'q"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Ozarbayjon bilan bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Biz uchun har bir o'yin muhim sanaladi. Bugun namlik yuqori edi va bu futbolchilarni yugurishiga qiyinchilik tug'dirdi. O'yin yakuniga kelib shogirdlarim charchab qolishdi. O'yinda gol urish uchun vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo uni hal etishda shoshma-shosharlikka yo'l qo'ydik. Sentyabrda bizni Osiyo o'yinlari kutib turibdi.

-O'yindan oldin siz Ozarbayjon tarkibida texnik jihatdan kuchli futbolchilar jamlangan deb aytgandiz. Eni ham bu fikringizni bildira olasizmi?

-Ha. Texnik jihatdan kuchli futbolchilar ko'p jamoangizda. To'g'ri, bugun ko'p narsalar o'xshamadi. Lekin bu o'rtoqlik o'yiniku. Bugun biz o'zimizning maydonimizda o'ynagandek bo'ldik. O'zbekistondan kelgan muxlislar bizni chiroyli tarzda qo'llab-quvvatlab turishdi.

-Ozarbayjon tarkibida ko'plab legionerlar bor edi. Nimaga sizning jamoangizda legionerlar yo'q?
-Bugun biz legionerlarsiz o'ynadik. Ular ayni paytda o'z chempionatlarida ishtirok etishmoqda.

-Sizni futbolchilarni tanlashda ko'p tanqid qilishdi. Bugun O'zbekiston ikkinchi tarkibi bilan o'ynadi desak bo'ladimi?
-Ha, bizni mundialga yo'l ololmaganimizdan so'ng tanqid qilishdi. Hozir tarkibimizda yoshartirish ishlari olib borilmoqda. Yangi futbolchilar jalb etilmoqda. Keyingi mundialda ko'plab futbolchilarimizning yoshi o'tib qoladi. SHuning uchun ko'proq yoshlarni jalb etmoqdaman. Biz bugun bilan emas, ertani o'ylab ishlayapmiz.

-Bugun har ikkala jamoalar deyarli ikkinchi tarkibi o'ynashdi. Lekin maydonda zerikarli futbol bo'ldi. Osiyo chempionati shu qadar kuchsizmi?
-Osiyo o'yinlarida 1991-1993 yillarda tug'ilgan futbolchilar qatnashishadi. SHu bois, biz yangi jamoani shakllantirayapmiz va Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'ryapmiz.

-Bugungi o'yinda Ozarbayjon chempionatining eng kuchli hujumchilari to'p surishdi. SHularning orasidan siz bilan birga to'p surgan Nazim Suleymanovga hech bo'lmasa 30% o'xshaydigan hujumchilarni ko'rdingizmi?
-Bugun maydonda ikkinchi Nazim yo'q edi. SHuningdek, ikkinchi Mirjalol Qosimov ham yo'q edi. Biz Nazim Suleymanov bilan birga o'ynaganimizdan xursandman. Ayni paytda texnik jihatdan kuchliroq futbolchilar jamlanishgan. Lekin Nazim boshqacha futbolchi edi. U o'yinning "nozik" taraflarini his etib o'ynardi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика