So’nggi yangiliklar

12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  0 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  7 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  0 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  16 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  4 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  7 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  2 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  12 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  4 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  3 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  3

O'zbekiston Ozarbayjonda durang qayd etdi Yangiliklar

O'zbekiston Ozarbayjonda durang qayd etdi

Ozarbayjon - O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Xalqaro o'rtoqlik o'yini.
20 avgust. Boku. Bakcell Arena stadioni.
Ozarbayjon - O'zbekiston 0:0

Hakamlar
: Georgiy Vadachkoriya, Levan Varamishvili, Levan Todria.

Ozarbayjon
: Salaxat Agaev, Rasim Ramaldanov, Ruslan Abishov, Ufuk Budak (Ozkar, 46), Maxir SHukyurov (s) (Ilkin Girtimov, 60), Raxid Amirguliev, Vagif Javadov (Nuri, 46 (Allaxverdiev, 90)), Rufat Dadashov, Rauf Aliev (Javed Guseynov, 73), Dmitriy Nazarov, Tugrul Erat (Afran Ismaylov, 60).

O'zbekiston
: Eldorbek Suyunov, Egor Krimec (Bobur Yo'ldoshev, 53), Islom To'xtaxo'jaev (s), Salim Mustafoev, Davron Hoshimov, Sardor Rashidov, Fozil Musaev (Dilshod Jo'raev, 73), Jamshid Iskandarov (Farruh Sayfiev, 69), Vladimir Kozak (Azim Ahmedov, 79), Navro'z Alimov (Igor Sergeev, 53), Ivan Nagaev (SHahzod Nurmatov, 46).

Ogohlantirishlar
: Islom To'xtaxo'jaev (28), Egor Krimec (42).

                          MATNLI TRANSLYACIYA
                                     YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI! Ozarbayjon - O'zbekiston 0:0.

90`
Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90`
Rashidovning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini raqib himoyachilari bartaraf etishdi.

90`
Jarima to'pi. To'p oldida Sardor Rashidov.

89`
Deyarli teng o'tayotgan o'yinning so'nggi daqiqalari o'tib bormoqda...

88`
Darvozamiz oldida ketma-ket burchak to'plari...

86`
Burchak to'pi maydon egalariga hech narsa bermadi.

85`
Davron Hoshimov hozir yaxshi o'ynadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

83`
SHahzod Nurmatov raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

81`
Futbolchilar toliqib qolishgani ko'rinib turibdi.

80`
Vladimir Kozak o'rniga Azim Ahmedov maydonga tushdi.

79`
Futbolchilarga bir daqiqalik tanaffus berildi.

78`
Mezbonlarning hujumi xavfli ko'rinish olayotgan bir paytda laynsmen bayroqchasini ko'tarib qoldi.

77` Sardor Rashidov! Ajoyib ijro va darvozabonning mahorati!

76` Vakillarimiz jarima zarbasi ishlab olishdi. Xavfli nuqta.

74`
Ozarbayjon tarkibida o'zgarish. Rauf Aliev o'rniga Javid Guseynov tushirildi.

73`
O'zbekiston terma jamoasida o'zgarish. Fozil Musaev o'rniga Dilshod Jo'raev tushirildi.

71`
Burchak to'pidan naf chiqmadi.

70` Hozirgina maydonga tushgan Farruh Sayfiev burchak to'pi ishlab oldi.

69`
Jamshid Iskandarov o'z o'rnini Farruh Sayfievga bo'shatib bermoqda.

68`
Eldor Suyunov o'z vaqtida to'pga chiqib keldi va xavfni bartaraf etdi.

67`
Mezbonlarda yana offsayd.

65`
Ozarbayjon hujumchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

62`
Vakillarimiz uyushtirgan hujum xavfli ko'rinish olishi mumkin edi. Ammo so'nggi zarbaga aniqlik etishmadi.

60`
Ozarbayjon tarkibida yana o'zgarish ruy berdi. Afran Ismaylov o'rniga Tugrul Erat va Maxir SHukyurov esa o'z o'rnini Ilkin Girtimovga bo'shatib berdi.

59`
SHahzod Nurmatov faol harakat qildi. Raqib himoyachisi aldab o'tib darvoza tomon zarba bermoqchi bo'ldi. Ammo boshqa bir futbolchi unga xalaqit berib qoldi.

57`
Burchak to'pidan so'ng raqib futbolchisi darvoza tomon zarba yo'lladi. Ammo noaniq.

56`
Bobur Yo'ldoshev raqib hujumini barataraf etishga muvaffaq bo'ldi. Burchak to'pi.

54`
Ozarbayjonning hujumi besamar yakunlandi. Eldor Suyunov to'pni erkin zarba bilan o'yinga kiritib beradi.

52`
O'zbekiston tarkibida yana o'zgarish. Egor Krimec o'ringa Bobur Yo'ldoshev, Navro'z Alimov o'rniga esa Igor Sergeev maydonga tushirildi.

50`
Nurmatovga nisbatan maydon markazida o'yin qoidasi buzildi.

49`
Vakillarimiz tashkil etgan hujum uzilib qoldi.

48` O'zbekiston terma jamoasi tarkibida o'zgarish. Ivan Nagaev o'z o'rnini SHahzod Nurmatovga bo'shatib berdi.

47` Ozarbayjon tarkibida o'zgarish. Javadov va Budak o'ringa Nuri va Ozkar maydon tushishdi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45`
Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45` ELDOR SUYUNOV! BARAKALLA! Nazarovning kuchli zarbasini Suyunov mahorat ko'rsatib bartaraf etdi, qoyil!

44`
Ozarbayjon hisobni ochishi mumkin edi. Bosh bilan yo'llangan zarba biroz noaniq chiqdi.

43`
Ozarbayjon tarkibida Javadov ancha faol. Hamyurtlarimiz safidan esa Sardor Rashidov ajralib turibdi.

42`
Egor Krimec maydon markazi oldida raqib hujumini to'xtatib qoldi va hakam tomonidan ogohlantirish oldi.

40`
So'nggi daqiqalarda ustunlik mezbonlar tomoniga o'tdi. Lekin vakillarimizning uyushtirayotgan hujumlari ancha xavfliroq ko'rinish olmoqda.

38` Ozarbayjonning hujumi! Vagif Javadovning kuchli zarbasi va Eldor Suyunovning mahorati! Mezbonlar o'ng qanotdan hujum tashkil etishdi va to'p o'rta chiziq tomon ochilib kelayotgan Javadov tomon oshirildi. Uning zarbasini Suyunov qaytarishga erishdi.

36` Qanday vaziyat!? Sardor Rashidov raqib himoyachilarini ortda qoldirdi va darvozabon bilan birga-bir chiqib borayotgan edi. Lekin so'nggi pallada raqib himoyachisi undan to'pni olib qo'ydi va Sardor zarba berishda biroz kech qoldi.

35`
Ozarbayjon burchak to'pi tepadi.

34` Jamshid Iskandarov hozir Salaxat Agaevni xato qilishga majbur qilmoqchi bo'ldi. Ammo uning be rejasi amalga oshmadi.

32`
Futbolchilar tomog'larini xo'llab olishdi.

30` Sardor Rashidov - ajoyib!
O'zbekiston futbolchilari tezkorlik bilan qarshi hujum tashkil etishdi. Sardor Rashidov o'z qanotidan raqib futbolchilarini birin-ketin ortda qoldirdi va darvoza tomon zarba yo'lladi. Salaxat Agaev qiyinchilik bilan Sardor Rashidovning zarbasini maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

29` Ozarbayjon burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin himoyachilar ishonchli harakat qilishdi.

28`
Islom To'xtaxo'jaev ogohlantirildi.

27`
Ozarbayjoning qanotdan tashkil etgan hujumi samarasiz yakunlandi. Eldor Suyunov bu vaziyatda chaqqonroq harakat qildi va to'pni egallab oldi.

26`
O'zbekiston terma jamoasi hozircha raqibidan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsatmoqda. Har holda vakillarimiz uyushtirayotgan hujumlar ko'proq va xavfliroq ko'rinish olmoqda.

24`
Islom To'xtaxo'jaev jarima zarbasini amalga oshirdi. Lekin uning tepgan to'pi jonli devorga tegib qaytdi.

23`
Navro'z Alimovga nisbatan qoida buzilmoqda. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgilandi.

22`
Burchak to'pidan samarali tarzda foydalana olinmadi.

21`
Sardor Rashidov o'z qanotidan yurish qildi. Uning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'pini raqib himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.

20`
Hozircha o'yin vaziyatlarsiz davom etmoqda. Jamoalar asosan qanotlar orqali hujumlarni tashkil etishmoqda.

18`
Sardor Rashidov chap qanotdan to'pni jarima maydonchasi tomon oshirdi. Ammo raqib himoyachilari bu vaziyatdan aniq harakat qilishdi.

16`
Rasul Ramaldanov Navro'z Alimovga nisbatan qoidani buzdi. Jarima to'pi. Lekin vakillarimiz ushbu standart vaziyatidan unumli foydalana olishmadi.

15`
Ozarbayjon jamoasi bu safar jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Leki Eldor Suyunov jarima maydonchasi tomon uzatib berilgan to'pni egallab oldi va xavfni bartaraf etdi.

14` Fozil Musaev! Fozilning jarima maydonchasi oldidan berilgan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.


13`
To'p nazorati Mirjalol Qosimov jamoasi tarafiga o'tdi.

12`
Vladimir Kozakning yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

11`
O'zbekiston futbolchilari ancha faollashishdi. O'yin tashabbusi asta-sekin vakillarimiz tomonga o'tmoqda. Jarima to'pi. To'p oldida Vladimir Kozak.

10` XAVFLI VAZIYAT!
Ivan Nagaev  qanot bo'ylab kirib bordi va to'pni jarima maydonchasi tomon oshirdi. Lekin Salaxat Agaev to'pni qaytarib yuborishga erishdi.

8`
Davron Hoshimovning qanotdan etkazib bergan to'piga bosh bilan zarba beradigan futbolchi topilmadi.

7`
Mirjalol Qosimov va Berti Fogtsni ko'rsatib o'tishdi.

6`
Navro'z Alimov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

5`
O'yin tempi yuqori emas. Jamoalar uchrashuvni ehtiyotkorlik bilan boshlashmoqda.

4`
Vakillarimiz to'pni yo'qotishdi. To'p yana Ozarbayjon futbolchilarida.

3`
Jamshid Iskandarovga nisbatan qoida buzildi. Maydon markazi oldidan jarima to'pi belgilandi.

2`
To'p raqiblarimizda. Ozarbayjonning ilk hujumi besamar tugadi. Eldor Suyunov to'pni erkin zarba bilan o'yinga kiritadi.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI!


Endi navbat Ozarbayjon davlat madhiyasiga...

O'zbekiston davlat madhiyasi jaranglamoqda...

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

- Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика