So’nggi yangiliklar

08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  1 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2

Ermatov brigadasi U-19 yoshlar o'rtasidagi OCH bahslarida ishlaydi Yangiliklar

Ermatov brigadasi U-19 yoshlar o'rtasidagi OCH bahslarida ishlaydi

O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA laynsmeni Abduhamidillo Rasulov shu yilning 9-23 oktyabr kunlari Myanmada bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati bahslarida hakamlik qilishadi.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi oktyabr oyida Myanma mamlakati mezbonlik qiladigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati final bosqichi bahslarida ishlaydigan hakamlarni tasdiqladi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov mazkur musobaqa o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar qatoridan joy oldi. Ermatovga musobaqa davomida qanotda o'zbekistonlik FIFA laynsmeni Abduhamiddilo Rasulov yordam beradi. Ermatovga qanotda yordam beradigan ikkinchi laynsmen nomini OFK musobaqa arafasida tasdiqlaydi.

Takidlash joiz, mazkur musobaqada o'zbekistonlik yana bir hakam - OFK nazoratchisi Farhod Abdullaev ham ishtirok etadi. Farhod Abdullaev Osiyo CHempionatida nazoratchi hakam vazifasini bajaradi.

Eslatib o'tamiz, Manmadagi Osiyo CHempionati bahslarida Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. O'zbekiston U-19 yoshlari musobaqaning V guruhida Indoneziya, BAA va Avstraliya yoshlariga qarshi bahs olib boradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика