So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  55 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  10 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  8 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  20 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  6 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  8 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  4 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  43 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

SHahboz Beg'amov: "Real" "Bavariya" uchun oson va kerakli raqib" Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Real" "Bavariya" uchun oson va kerakli raqib"

Evropa CHempionlar ligasi yarim final bahsi "Real" - "Bavariya" o'yini oldidan saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Real" - "Bavariya" eng dahshatli to'qnashuv. Menimcha, bundanda zo'r yoki qiziqarliroq to'qnashuvni qidirib topish qiyin. Bu jamoalar o'rtasidagi ko'plab o'yinlarni eslang, har biri o'zgacha kechgan. Hech bir o'yin muxlislarni zeriktirib qo'ymagan. Bugun ham shunday bo'lishiga shubha yo'q. "Real" hozirgi paytda o'zining eng yaxshi sport formasida desak bo'ladi. Jamoa mavsumdagi ilk sovrinni ham yutishga ulgurdi.

Ishtaha ovqat paytida kelishini yaxshi bilamiz. Lekin "Bavariya" ham ancha ishtahasi yuqori jamoa hisoblanadi. Myunxen klubi o'yinida biroz salbiy o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda. "Real"da esa aksincha. Ammo bu bugungi o'yingacha bo'lgan holatlar. Natijalar borasida ham imkoniyatlar deyarli teng. "Bavariya" futbolchilari sovrinlarni qo'lga kiritishdan zerikib qolmadik, biz yana kurashamiz va yangi sovrinlarni yutmoqchimiz deyishmoqda. "Real" futbolchilari esa xalqaro maydondagi yutuqlarga juda tashna holatdalar.

Bu o'yinda hech kimning imkoniyati yuqori ham emas. Yoki qaysidir jamoaniki pas ham emas. Odatda ikki o'yinlik to'qnashuvda kim maydonda zo'rligini isbotlay olsa, o'sha jamoa yutadi. Bu borada "Real" "Bavariya" uchun osonroq va kerakli raqib. Sababi, "Bavariya" nisbatan kuchsizroq futbol namoyish etadigan klublarga qarshi bor kuchi bilan o'ynolmaydi. Ularga etarli motivaciya etishmay qoladi. Buni Devid Moyesning sobiq jamoasiga qarshi o'yinda ham ko'rdik. Ularga gol kerak bo'lgan vaqtda esa,  tezda gollar yog'dirib tashlay olishdi. "Real" esa ayni paytda juda kuchli futbol namoyish etmoqda. Ularning tarkibida yulduzlar va o'ta kuchli ijrochilar jamlanishgan.

"Bavariya" uchrashuv avvalidan biladi, qanday va qay tarzda harakat qilishni. Ularga so'nggi o'yinlarda etishmay qolayotgan motivaciya va ishtiyoq aynan bugungi "Real"ga qarshi o'yinda qayta uyg'onishiga shubha yo'q. Ronaldo va Beyl madridliklarning asosiy quroli. Ronaldo nemislar uchun eski tanish. Unga qarshi Lam va Boateng qanday qilib o'ynashni suv qilib ichib yuborishgan. Garet Beyl esa boshqa masala. Menimcha, bugungi o'yinda shu futbolchini Alaba zararsizlantira olsa, unda marra "Bavariya"niki. Imkoniyatlar har doim teng bo'lgan. SHaxsiy fikrimcha, bugun maydon egalari "Bavariya"ni dog'da qoldira olishmaydi. "Bavariya"ning qanotlari, yani "Robberi"ning o'yini qovushsa, unda Madrid jamoasini omadgina mag'lubiyatdan qutqarib qolishi mumkin bo'ladi. 

Yana shuni aytish kerakki, agarda uchrashuvda tezkor gol kiritilsa, qaysi jamoa urishini farqi yo'q. O'yin yanada go'zallashadi va jamoalardan ochiq futbol ko'ramiz. Muxlislar esa haqiqiy futbol zavqini his etishadi. "Real" juda kuchli raqib. Zo'r o'ynaydi. Lekin "Bavariya" bilan o'yinda buni isbotlashi har doim qiyinlashib qoladi. "Bavariya"ga aynan "Real"dek raqiblar kerak. Buni o'tgan yilgi "Barselona" misolida ham ko'rgandik. Qiziqarli va tomoshabop futbol bo'ladi. Madridda triller bo'ladi. Kim aslida "killer" bo'lishini esa maydondagi jang ko'rsatib beradi. Kuchli jamoa o'z kuchini ko'rsatsin va haqlisi g'alaba qozonaversin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика