So’nggi yangiliklar

19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо биз кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  0 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 19:00U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  62 19:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 0:1 (матнли трансляция)  3 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  33 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  9 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  5 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  4 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  9 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  7 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1

ECHL, yarim final. Bugungi dahshatli jang: "Real" - "Bavariya" Yangiliklar

ECHL, yarim final. Bugungi dahshatli jang: "Real" - "Bavariya"

Evropa CHempionlar ligasi yarim finalidagi eng katta to'qnashuv "Real" - "Bavariya" o'rtasidagi bahsning dastlabki bellashuvi bugun Madridda bo'lib o'tadi.

Bu qarama-qarshilik ajoyib muhit va super darajadagi ikki o'yin bilan o'tishi aniq. "Real" va "Bavariya" jamoalarining o'zaro har qanday uchrashuvlari haqiqiy futbol spektakliga aylanib ketadi. Bu esa CHempionlar ligasi. Yarim final bosqichi. O'rtaga final chiptasi qo'yilgan. G'olib jamoa Portugaliya poytaxtiga boradi va bosh sovrin uchun o'z omadini sinab ko'rishi mumkin bo'ladi. Aslida ushbu jamoalarning to'qnashuvi muxlislarga quvonch ulashgan bo'lsa, ECHL yarim finalida uchrashib qolishgani yanada xursand qilgan bo'lishi tabiiy. To'g'ri, finalda o'ynashganida balki yanada qiziqarliroq bo'lishi mumkinmidi deyish mumkin. Ammo bir narsasi borki, yani yarim finalda ikkita chiroyli o'yin guvohiga aylanish imkoniyati paydo bo'lgan. Final esa bilasiz, bir o'yindan iborat bo'ladi. SHuni hisobga oladigan bo'lsak, yarim final bir-birlariga qarshi duch kelib qolishgani bir tomondan yaxshiroq bo'lgan bo'lishi ham mumkin. Bugun ushbu jamoalarning yarim finaldagi ilk o'yinlari Ispaniya poytaxtida bo'lib o'tadi. Madriddagi bahsda mezbonlar iloji boricha yaxshiroq natijani qayd etib, Myunxenga ishonchliroq hisob bilan borishni ko'zlashmoqda. Nemis klubi esa safardagi ijobiy natija orqali o'z uylarida bo'lib o'tadigan javob bahsi oldidan imkoniyatlarini yaxshilab olish ilinjida harakat qilishadi. 


CHempionlar ligasining ushbu bosqichida, yanayam bunday jamoalar o'rtasidagi bahs oldidan "favorit" va "autsayder" tushunchalarini ishlatish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Futboldagi ushbu ikkita qog'ozda ko'p ishlatiladigan tushunchalar ko'pincha aldamchi holat bo'lib chiqadi. Har ikkala klub ustozlari aytganidek, bu to'qnashuvda imkoniyatlar teng. Hech bir jamoa favorit yoki autsayder bo'lishi mumkin emas. Qaysi jamoa o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olsa va imkoniyatlaridan unumli foydalansa, o'sha jamoa yakunda finalga yo'l olishi mumkin.


"Real"
Madrid jamoasi hozirda o'zining yaxshi sport formasida. Ularyaqindagina Ispaniya kubogida "Barselona"ni mag'lub etishdi va bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. "Real" mavsumdagi ilk sovrinin naqd qildi va keyingi ikkita musobaqada g'olib chiqish uchun harakatlanmoqda. Ispaniya chempionatida ham ular chempionlikdan umidlarini uzishgani yo'q. Peshqadam "Atletiko"ni ochko yo'qotishini poylab, o'zlari iloji boricha maksimal ochko ishlash payida yurishibdi. Klub so'nggi 10 yildan buyon o'zining ECHL 10 g'alabasini nishonlashga harakat qilib kelmoqda. Lekin har doim ular uchun so'nggi bekat aynan yarim inal bosqichi bo'lib qolmoqda. Madrid jamoasi oxirgi yillarda o'zlari uchun final eshigini ochishda qiynalib qolishmoqda. Bundan ikki yil avval aynan "Bavariya" jamoasi "Real"ni yarim finalda tashlab ketgan edi. O'tgan yili ham yana bir nemis klubi Madrid klubini ushbu bosqichda qoldirib ketishda jonbozlik ko'rsatgandi. Bu yili ham ular nemis jamoasiga duch kelishmoqda. Ushbu mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi dastlab nimchorak finalida "SHalke", keyin chorak finalda "Borussiya D" bilan o'ynadi va har ikkala Germaniya klubini turnirdan chiqarib yubordi. Endi esa qo'ra ularga ayni paytdagi jahonning eng kuchli va sovrindor jamoasi  bo'lmish, "Real"ning esa azaliy raqibi sanaladigan "Bavariya"ni taqdim etdi. "Real" jamoasi uchun bu uch olishning yaxshi imkoniyati bo'lishi mumkin. Karlo Anchelotti jamoasi tarkibida katta yo'qotishlar yo'q. Xese va Sami Xediralarda harohat bor. Ular bugungi o'yinda jamoasiga yordam bera olishmadi. Ronaldo o'z jarohatini davolayotgan edi. Lekin uning bugungi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Har xolda Anchelotti aynan shu uchrashuv uchun uni Ispaniya kubogi finaliga ham tushirmay olib qo'ygandi. "Real"ning asralgan quroli bugun "Bavariya"ga qarshi o'yinda o'z jamoasiga yordam berishi mumkin. SHuningdek Marseloda jarohat bor. Uning o'rnida bugun Koentrao harakat qilishini Anchelotti kechagi matbuot anjumanida aytib o'tgandi. "Real" ayni paytda o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatmoqda. SHu o'yinlari "Bavariya" enga oladimi-yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi.

"Bavariya"

ECHL amaldagi g'olibi bu safar yangi murabbiyi bilan ham ushbu sovrinni qo'lga kiritishni istamoqda. Ular musobaqa nomi Evropa CHempionlar ligasiga almashtirilgandan keyin g'olibligni himoya qilgan ilk jamoa bo'lishni juda ham xohlashayotganini ko'p bora aytib o'tishdi. "Bavariya" bundun bir oycha avval Germaniya chempionlikni rasmiylashtirib bo'lgandi. Klub Germaniya kubogi finalini naqd qildi. Endigi maqsad esa Portugaliya poytaxti Lissabondagi finalga chipta olish. Xosep Gvardiola jamoasi so'nggi o'yinlarda o'zining sifatli va yuqori darajadagi futbolini ko'rsata olmayapti. Buning asosiy sababi deb chempionlik erta hal etilgani va bo'lib o'tgan o'yinlarda etarli motivaciya bo'lmagani bilan izohlanmmoqda. Bu ham to'g'ri aslida. Lekin bu o'zgacha turnir. Bu erda hali masala hal etilgani yo'q. Ko'pchilik "Bavariya" hozir o'yin borasida inqiroz ko'chasiga kirib qolgan deb o'ylamoqda. Lekin bunday fikr yuritishga shoshilish kerak emas. O'yinida pasayish bor, lekin buni inqiroz deyishga hali erta. Jamoa barcha musobaqalarda ayni paytdagi maksimal vazifani bajarib kelmoqda. Bu borada ular raqibi "Real" bilan hozircha teng ko'rinishda. Myunxen klubi Germaniya chempionligini rasmiylashtirib bo'lgan. Germaniya kubogi finaliga yo'l oldi. "Real" esa aksincha, Ispaniya kubogi sohibi bo'ldi va chempionatdagi g'oliblik uchun kurashmoqda. Endi ular asosiy turnir CHempionlar ligasida duch kelib qolishdi. Qaysidir jamoa bu borada oldinga qadam tashlashi aniq. Qaysidiri esa orqaga.  "Bavariya" tarkibidagi yo'qotishlar haqida gapiradigan bo'lsak, himoyachi Badshtuber anchadan beri jarohatini davolish bilan band. SHuningdek, SHerdan SHakiri, Tiago Alkantara, Tom SHtarke va Diego Kontento kabi futbolchilar bugun maydonga tusha olishmaydi. "Bavariya"ning asosiy posboni Manuel Noyer uch o'yindan buyon jamoasiga yordam bera olmay kelmoqda. U Dortmundga qarshi kechgan o'yinda jarohat olib, maydonni tark etgandi. SHundan so'ng Pep uni maydonga tushirmay, "Real"ga qarshi kechadigan bahsgacha olib qo'ygandi. Malumotlarga qaraganda, u bugungi o'yinga tayyor va o'yinni ilk daqiqalardanoq asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. 



Ushbu jamoalarning o'zaro to'qnashuvlari tarixi


Bu ikki klub azal-azaldan bir-biri bilan juda ko'p bora duch kelishgan. "Real" va "Bavariya" jamoalarining o'zaro to'qnashuvlari boy tarixga ega.
Bu borada Myunxen klubi Madrid jamoasidan ustunlikka ega. "Bavariya" klubi "Real"ga qarshi kechadigan o'yinlarda ko'proq ijobiy natijalarni qayd etgan. Bu jamoalar evrokuboklarda umumiy hisobda 20 marotaba ro'baru kelishgan. "Bavariya"jamoasi o'tkazilgan 11 o'yinda g'alaba qozongan, "Real" esa 7 bahsni o'z foydasiga hal etgan. Ikki o'yinda esa g'olib nomi aniqlanmagan.





O'zaro o'yinlari (CHempionlar ligasi)

2000 yil. "Real" - "Bavariya" 2:4 (guruh bosqichi)
2000 yil. "Bavariya" - "Real" 4:1 (guruh bosqichi)
2000 yil. "Real" - "Bavariya" 2:0 (pley-off)
2000 yil. "Bavariya" - "Real" 2:1 (pley-off)
2001 yil. "Real" - "Bavariya" 0:1 (yarim final)
2001 yil. "Bavariya" - "Real" 2:1 (yarim final)
2002 yil. "Bavariya" - "Real" 2:1 (chorak final)
2002 yil. "Real" - "Bavariya" 2:0 (chorak final)
2004 yil. "Bavariya" - "Real" 1:1 (nimchorak final)
2004 yil. "Real" - "Bavariya" 1:0 (nimchorak final)
2007 yil. "Real" - "Bavariya" 3:2 (nimchorak final)
2007 yil. "Bavariya" - "Real" 2:1 (nimchorak final)
2012 yil. "Bavariya" - "Real" 2:1 (yarim final)
2012 yil. "Real" - "Bavariya" 2:1 (yarim final)





Ushbu jamoalar CHempionlar ligasi doirasida o'zaro 14 marta kuch sinashishgan. SHularning sakkiztasida "Bavariya" jamoasi tengsiz bo'lgan bo'lsa, beshta o'yinda "Real"ni qo'li baland kelgan. Faqatgina bir bellashuvda jamoalar durang natijasini qayd etishgan.  



"Real"ning ushbu mavsumda CHempionlar ligasidagi ko'rsatkichlari:

O'yinlari: 10
G'alaba: 8
Mag'lubiyat: 1
Durang: 1
Gollari: 32
O'tkazib yuborgan gollari: 9
O'rtacha bir o'yinda kiritilgan gollari: 3,2
O'rtacha bir o'yinda o'tkazib yuborgan gollari: 0,9
To'p bilan muomalada bo'lish: 56%
To'p uzatish: 5771
Aniq to'p uzatish foizi: 88%
Darvoza tomon berilgan zarbalar: 142
Darvoza tomon aniq berilgan zarbalar: 55%
Penalti: 3
Ogohlantirishlar: 17
CHetlatish: 1

"Bavariya"ning ushbu mavsumda CHempionlar ligasidagi ko'rsatkichlari:

O'yinlari: 10
G'alaba: 7
Mag'lubiyat: 1
Durang: 2
Gollari: 24
O'tkazib yuborgan gollari: 8
O'rtacha bir o'yinda kiritilgan gollari: 2,4
O'rtacha bir o'yinda o'tkazib yuborgan gollari: 0,8
To'p bilan muomalada bo'lish: 69%
To'p uzatish: 7066
Aniq to'p uzatish foizi: 90%
Darvoza tomon berilgan zarbalar: 141
Darvoza tomon aniq berilgan zarbalar: 52%
Penalti: 4
Ogohlantirishlar: 12
CHetlatish: 1


ECHL, yarim final. Dastlabki o'yin.

"Real" - "Bavariya" (23:45 "NTV-PLYUS Futbol, "Sport")

"Santyago Bernabeu" stadioni.

Bosh hakam: Xovard Uebb (Angliya)

Jamoalarning taxminiy tarkibi:


Bugun futbol muxlislarini dahshatli qarama-qarshilikdagi super futbol o'yini kutib turibdi. Bu uchrashuvni o'tkazib yuborishni ilojisi yo'q. Amalda kim kuchliligini maydondagi bahs hal etib beradi. Demak gigantlardan ajoyib o'yin kutib qolamiz! CHempionlar ligasi - bu  futbol bayrami!

Qo'yida ushbu jamoalarning o'yiniga oid fotosuratlarni  to'liq tomosha qilishingiz mumkin.

SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика