So’nggi yangiliklar

13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  6 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  13 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  8 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  0 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  7 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  20 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  1

Diyorjon Turopov: "Balki keyingi yil faoliyatimni Rossiyada davom ettirarman" Yangiliklar

Diyorjon Turopov: "Balki keyingi yil faoliyatimni Rossiyada davom ettirarman"

Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi jahonning kuchli sakkiz jamoasi bo'la oldi.
Ushbu chempionatda mazmunli o'yin ko'rsatgan yarim himoyachimiz Diyorjon Turopov bilan suhbatlashdik.

- Diyorjon birinchi navbatda sizda yaqinda Rossiyaning mashxur sport.ru sayti orqali JCH-2013ning Eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri deb etirof etilganingiz va jahon matbuotining etiboriga tushganingiz bilan tabriklaymiz.
- Hali eshitmagan ekanman. Bu juda ham quvonarli xabar. Albatta bu etirof men uchun shafardir. Kutmagan edim. Mundialda juda ham kuchli futbolchilar ko'p edi. Ularning ko'pchiligi Evropaning top klublarida ishtirok etmoqda. Menga shunday etirof bergan bo'lsa men bundan ham kuchliroq o'yin ko'rsatishim kerak. Mana shu oddiy ko'rsatkich va etiroflar menga ijobiy tasir o'tkazib bundan ham yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman. Aslida mana shu chempionat orqali jahonning eng yaxshi klublari nazariga tushsa bo'ladi.

- SHu o'rinda so'ramoqchi edim. Sizni ham yaqin yillarda "Paxtakor" da ko'ramizmi? SHunga yaqin fikrlar yurmoqda.
- Hali hech narsani aytib bo'lmaydi. Men "Olmaliq" futbolchisiman va shartnomam ham bor. Hali hech qanday taklif ham bo'lmagan. Vaqt o'tgandan so'ng nima bo'lishini bilmadim. Nafaqat "Paxtakor" balki boshqa klubda ham o'ynashim mumkin.

- O'zingiz qaysi klubda o'ynashni istar edingiz?
- O'zimni Evropaning kuchli klublarida o'ynash niyatim bor. Asosiysi o'zbek futboliga hissamni qo'shsam bo'lgani.

- Bu borada qaysidir klubdan takliflar bo'ldimi?

- Hali aniq deya olmaymanu lekin Rossiyaning CSKA klubidan jiddiy taklif bo'lmoqda ekan. Bu haqida hali o'zim ham aniq bir narsani bilmayman. Bu masala yaqinda hal bo'ladi va so'ng ayta olaman. Balki keyingi yil faoliyatimni  Rossiyada davom ettirarman.

- JCH-2013 yakunandi. Xulosalar qanday endi?
- Ketish oldidan chempion bo'lsak tasodif bo'lmaydi degan edim. Bizda chempionlik uchun kuch bor edi. Men uchun sakkizlik ijobiy natija bo'lmadi.  Undan ortig'ini kutgan edim  va imkoniyatimiz bundan ortig'iga ham etar edi. Endi bor kuchimiz bilan harakat qilib Olimpiada chempionligi uchun kurashmoqchimiz. Xulosa qiladigan bo'lsak bizning tarkib juda kuchli deya olaman. Hamma o'ringa munosib futbolchilar jalb etilgan. Terma jamoamiz uchun Jahonda sakkizinchi bo'lish allaqachon amalga oshib bo'ldi endi bu o'rin biz uchun kamlik qiladi.

- Ikki yirik mag'lubiyat bu terma jamoamiz kuchini ko'rsatib qo'ymadimi?
- Bunday o'ylamagan bo'lmar edim. Urugvayga qarshi uchrashuv negadir bizga masuliyatsizlik xalaqit qildi. Hammamizda g'alabaga bo'lgan ishonch kuchli edi. Buni pand berganini tan olamiz. SHaxsan menda shunday bo'ldi. Keyingi o'yinlarda bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Franciya bilan uchrashuvda esa men aybni hech narsadan ko'ra olmayman. Tarkibdagi yuqotishlar pand berishini o'zimiz o'ylab imkoniyatni boy berib qo'ydik. Jismoniy jihatdan Franciya bizdan kuchliroq ekan. Ularda Evropaning kuchli klublari futbolchilari borligi yaqqol sezildi. Borimiz shu emas, bundan kuchliroq o'yin namoyish eta olamiz.

Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика