So’nggi yangiliklar

02:29"Кристал Пэлас" "Астон Вилла" футболчисини ижарага олди  0 01:53Жеррард яна бир бор Слотни танқид қилди  0 01:24ПСЖ етакчиси сафдан чиқди  0 01:00Европа лигаси. Сўнгги тур ўйинлари бир саҳифада  0 00:53Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ва "Ал Ҳилол"дан бир хил натижа  0 00:16БАА. "Банияс" "Ал Наср"ни мағлуб этди, Шукуров тўлиқ ўйин ўтказди  2 23:50Вернер АҚШ жамоасига ўтди, бироқ "Интер Майами"га эмас  0 23:28"Андижон" назорат ўйинида Қозоғистон жамоасига мағлуб бўлди  1 23:05Қирғиз Республикаси чемпиони Ўзбекистоннинг икки чемпиони билан ўйнайди  0 22:48Суперлига. 1-тур учрашувлари ўтказиладиган кунлар маълум қилинди  2 22:35ОКМК назорат ўйинида Хитой жамоасига мағлуб бўлди  1 22:12"Насаф" "Ал Шорта"га қарши ўйинни қайси стадионда ўтказади?  5 21:44Аморим А Серия жамоасига ўтди  7 21:19"Қайрат" ўзининг илк Чемпионлар Лигасида қанча ишлаб олди?  6 20:51БАА. "Ал Батеҳ" дуранг ўйнади, Азизжон Ғаниевдан гол!  2

“Hokimi kubogi-2016” haqida yoxud "Qizilqum" nega finalda oxirigacha o'ynashni istamadi? Yangiliklar

“Hokimi kubogi-2016” haqida yoxud "Qizilqum" nega finalda oxirigacha o'ynashni istamadi?

Kecha 2016 yilgi Farg'ona viloyati Hokimi kubogi musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

“Neftchi” yana kubok sohibi
Xash-pash deguncha har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan  Farg'ona viloyati hokimi kubogi turnirining  bu yilgisi ham yakunlandi. Turnirning finaliga Farg'onaning “Neftchi” va Navoiyning “Qizilqum” jamoalari yo'l olishgan edi. Navoiyliklarning bu turnirda ishtirok etganlarining o'zi turnirga o'zgacha fayz bag'ishladi.  Final o'yini Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida bo'lib o'tdi. Qulay ob-havo sharoitida o'tgan uchrashuv muxlislar o'rtasida katta qiziqish uyg'otdi. Buni stadionga tashrif buyurgan muxlislarning sonidan ham bilsa bo'ladi. 


Finalga har ikki jamoa jangovor tarkibi bilan kelishdi. CHunki “Neftchi” o'z muxlislari qarshisida kubokni olib qolishga harakat qilsa , musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan Navoiylik futbolchilar ham mavsumni sovrin bilan boshlash niyatida edilar. O'yinning  1-bo'limi biroz maydon egalarining ustunligida o'tgan bo'lsa, 2-taymda ustunlik mehmonlar tomonida bo'ldi.  Lekin har ikki jamoa ham mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgani , jamoalardagi yangi futbolchilar xali bir-birlari bilan to'la moslashib ketmaganligi uchrashuv davomida  ko'rinib turdi. O'yinda kurash asosan maydon markazida bo'ldi. Darvozalarga jiddiy xavf soladigan, muxlislarni hayajonga soladigan vaziyatlar judayam  kam yaratildi.


Uchrashuvning kulminacion nuqtasi  2-taymning  28-daqiqasiga to'g'ri keldi. “Neftchi” jamoasi hujum qilayotgan vaziyatda , “Qizilqum” jamoasining 8-raqamdagi o'yinchisi Akmal Rustamov  jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi.  Uchrashuv bosh hakami Olim To'ychiboev  vaziyatni yaxshi ko'rmadi shekilli yordamchisiga qaradi. Qanot hakami esa bayroqchasini ko'tarib qoida buzilganini ko'rsatdi. Bosh hakam esa 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Tabiiyki bu navoiylik futbolchilarga yoqmadi va ular qanot hakamiga o'z noroziliklarini bildirishdi. Hakamlar esa bunday vaziyatda qarorlarini o'zgartirishmaydi. SHundan so'ng “Qizilqum” futbolchilari “o'ynamaymiz, kuboklaring o'zlaringga  siylov” degancha maydonni tark etishni boshladilar . Qizig'i murabbiylar shtabi ham futbolchilarni qo'llab-quvvatlashdi. Maydonda faqat “Neftchi”  jamoasi qolayotgan paytda ,jarayonga Farg'ona viloyat futbol federaciyasining vice-prezidenti Tohir Kapadze aralashdi. U kishi mehmon jamoa azolariga bir oz tushuntirish ishlarini  olib borganlaridan so'ng , o'yin davom etadigan bo'ldi.  Mezbonlar sardori SHukurali Po'latov penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi. 


Qolgan daqiqalarda ustunlik “Qizilqum” jamoasi tarafiga o'tdi. Ular tinimsiz hujumlar uyushtirib hisobni tenglashtirishga harakat qilishdi.  Lekin ularning barcha harakatlari besamar yakunlandi.  SHunday qilib “Hokim kubogi” yana “Neftchi”ga nasib qildi.

Uchrashuv yakunlangach “Qizilqum” jamoasi Farg'ona viloyat hokimiligining diplomi bilan bilan “Neftchi” jamoasi esa diplom va kubok bilan taqdirlandilar. G'oliblarni Farg'oa viloyat hokimining o'rinbosari I.Novikov  hamda viloyat nuroniylar jamg'armasi rahbari  taqdirladilar. Viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti Tohir Kapadze jamoalarga minnatdorchilik bildirdi.


Turnir haqida
Farg'ona viloyat hokimi kubogi turniri Respublikamizda ananaviy o'tkazib kelinayotgan eng  yaxshi turnirlardan biridir. Bu yilgi turnir esa “Hokim kubogi” tarixidagi eng yaxshi tashkil qilingan turnirlardan biri bo'ldi deya bemalol ayta olamiz. Farg'ona viloyati futboliga taniqli mutaxasis Tohir Kapadze bosh bo'lganlaridan so'ng bu yilgi musobaqaga alohida tayyorgarlik rejasi bilan kelinganligi sezildi. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalar o'zlari uchun bu turnir katta foyda berganligini  takidlashmoqda. Bu musobaqada ishtirok etgan barcha 12 jamoa qishki yig'in mobaynida nazorat-sinov bahslari uchun  raqib qidirib qiynalishmadi. Ular turnir davomida barcha futbolchilarini sinovdan o'tkazib olishdi.


Bu musobaqada Navoiyning  “Qizilqum” jamoasining ham ishtirok etishi esa bu musobaqaga mutaxassis va  muxlislarning qiziqishlarini yanada orttirib yubordi. Ha farg'onalik muxlislar futbolni sog'ingan paytlarida bu turnir ular uchun ayni muddao bo'ldi. To'g'ri tashkiliy masalalarda bazi kamchiliklar ham bo'ldi, lekin ish bor joyda kamchilik ham bo'ladi.  Eng avvalo turnir taqvimi va kim qaysi guruhda o'ynashini ,ishtirokchi jamoa vakillari bilan birga qura tashlab aniqlansa yanada yaxshi bo'lar edi.  PFL kubogi o'tkazilmasligi malum bo'lgach esa “Farg'ona viloyat hokimi kubogi” naqadar o'z vaqtida tashkil qilingan turnirligi yanada ayon bo'ldi.

Men Farg'ona viloyat futbol federaciyasining barcha  hodimlariga ushbu turnirni tashkil qilganlari uchun, muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'ylaymanki yildan-yilga “Farg'ona viloyat hokimi kubogi” musobaqasining nufuzi ortib boradi.   

Akramjon Mamadaliev.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика