So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  16 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Marotta italiyalik futbolchilarni o'z klublariga sodiqligini aytdi. Bizdachi? O'zbek futbolchilari ham o'z jamoasiga sodiqmi? Yangiliklar

Marotta italiyalik futbolchilarni o'z klublariga sodiqligini aytdi. Bizdachi? O'zbek futbolchilari ham o'z jamoasiga sodiqmi?

Turinning "Yuventus" klubi menejeri Beppe Marotta italiyalik futbolchilarni o'z klublari manfaatini birinchi o'rinda qo'yishini takidlab o'tdi.

"Biz asosan italiyalik futbolchilar atrofida jamoa tuzashni rejalashtirganmiz. Italiyalik futbolchilar legionerlarga nisbatan o'z klublariga sodiq bo'lishadi. Masalan Teves uni o'z uyiga qo'yib yuborishimizni so'radi. Biror kun Leo Bonuchchi oldimga kelib: "men o'z shahrimga ketmoqchiman, qo'yib yuboring deyishini" tasavvur ham qilolmayman", - dedi Beppe Marotta.


Rostan ham, italiyalik ko'p futbolchilar o'z klublariga sodiq ekanligini amalda ko'p bor ko'rganmiz.

Bunga misollar etarlicha topiladi.

Masalan "Roma" sardori Franchesko Totti, De Rossi. "Milan"da o'ynagan Maldini, "Yuventus" timsoli Alesandro Del Pero, Janluiji Buffon kabi italiyalik futbolchilar misolida buni bilamiz. Yoki "Udineze" "snayperi" Antonio Di Nataleni olaylik?!


P.S. Qiziq, o'zbek jamoalarida ham o'z klubiga sodiq futbolchilar bormikan? Yaqin o'tmishda o'zbek futbolchilari ichida o'z klubiga sodiq futbolchilar juda ko'p bo'lgan. Lekin hozirchi? Ayni paytda o'z jamoasiga sodiq futbolchi topilarmikan?

To'g'risini aytish kerak, so'nggi yillarda Oliy liganing barcha jamoasi safida o'ynab ko'rayotgan futbolchilar soni tobora oshib ketmoqda. Bizda o'z jamoasiga sodiq emas, balki ko'plab jamoalarning sobiq futbolchisi nomini olayotgan "birrovchi" futbolchilar tobora ko'payib ketdi.

Aziz o'quvchi, hozirgi o'sib kelayotgan yosh futbolchilarimizdan kimlar o'z jamoasiga sodiq (ichki chempionat miqiyosida) futbolchilar bo'ladi deb o'ylaysiz? Bu borada sizning fikringiz, taxminlaringiz qiziq. O'zbek futbolida Antonio Di Natale, Del Pero, Totti, De Rossi kabi o'z klubiga sodiq qoladigan futbolchilar bormi?

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика