So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Бунёдкор" — ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  1 18:47Гринвуд Дрогбанинг натижасини такрорлади  0 18:21"Реал"га "Бавария" вингерининг хизматлари таклиф этилди  0 17:58"Андижон" ва "Навбаҳор" стадионларига томошабинларнинг киришига қисман тақиқ қўйилди, Бошкович, Алибоев ва Адҳамзодага жарима солинди  14 17:10Хуммельс Италия ва Германиядаги футбол услубини солиштирди  1 16:42Аббос Файзуллаев ўйинидаги пасайиш юзасидан тушунтириш берди  6 16:15Санчонинг "Челси"даги тақдири маълум бўлди  0 15:53Ўзбекистоннинг энг кучли кўча футболи жамоаси аниқланди. Бу жамоа энди Австрияга боради  0 15:37"Фантастик жамоа". Пеп Гвардиола "Ливерпул"ни чемпионлик билан табриклади  4 15:10Ғузордаги стадионга катта футбол қайтади  2 14:46Ўзбекистон Кубоги 2-тур учрашувларида ишловчи ҳакамлар маълум  0 14:26Арне Слот дебют мавсумидаёқ "Ливерпуль" билан АПЛни ютди. Яна кимлар бундай натижага эришган?  5 14:02"Пахтакор" бир киши кам қолган ва "Шўртан"ни кичик ҳисобда ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Навбаҳор" "Бухоро"ни йирик ҳисобда енгган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:30U-20 Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон Иордания ва Баҳрайн билан бир гуруҳда  0

O'zbekiston JCH-2018 saralash o'yinlarini 2-bosqichdan boshlaydi Yangiliklar

O'zbekiston JCH-2018 saralash o'yinlarini 2-bosqichdan boshlaydi

Osiyo Futbol Konfederaciyasi JCH-2018 1-saralash bosqichi qurasi sanasini tasdiqladi.
Unga ko'ra, ushbu saralash bosqichiga qura tashlash marosimi 10 fevral kuni Malyayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tadi.

Avvalroq Osiyo Futbol Konfederaciyasi JCH-2018 saralash bahslari mexanizmiga bir qator o'zgartirishlar kiritgani va unga ko'ra JCH-2018 va OK-2019 saralash bahslari birlashtirilgani haqida malumot bergan edik.

OFK tasdiqlagan qarorga ko'ra, JCH-2018 Osiyo qitasi saralash bahslari 1-bosqich o'yinlaridan boshlanadi. Ushbu bosqichga qura tashlash marosimi esa 10 fevral kuni bo'lib o'tadi. Mazkur saralash bosqichida OFK reytinining quyisidan joy olgan jami 12ta terma jamoa ikki o'yindan iborat pley-off bosqichida ishtirok etadi

Uy-safar tizimida o'tadigan mazkur bosqich o'yinlari 12 va 17 mart kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu juftliklarda g'alaba qozongan 6ta jamoa esa navbatdagi bosqichga yo'l oladi.

Takidlash joiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashini 2-bosqichdan boshlaydi. Ushbu bosqichda 40ta jamoa har bir guruhda 5tadan 8 guruhga bo'lingan holda kurashni davom ettiradilar. Ushbu bosqichda ham har bir jamoa uy-safar tizimida bahslashadilar. Yani har bir guruhda jamoalar jami 8tadan uchrashuv o'tkazadilar. Guruhdagi jamoalar soni toq bo'lgani uchun, har bir turda 2tadan uchrashuv o'tkaziladi va bir jamoa dam oladi.

OFK taqvimiga ko'ra, ushbu guruh o'yinlari 2015 yilning 11 iyunidan 2016 yilning 29 mart kunigacha bo'lib o'tadi. Tur o'yinlari bo'lib o'tadigan sanalar esa quyidagicha: 11 iyun (1-tur), 16 iyun (2-tur), 3 sentyabr (3-tur), 8 sentyabr (4-tur), 8 oktyabr (5-tur), 13 oktyabr (6-tur), 12 noyabr (7-tur), 17 noyabr (8-tur), 24 mart (9-tur) va 29 mart (10-tur).

Guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan 8ta jamoa va eng yaxshi ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan yana to'rt jamoa Osiyo Kubogi-2019 final bosqichiga avtomatik ravishda yo'llanmani qo'lga kiritadilar va JCH-2018 final bosqichi yo'llanmasi uchun 3-saralash bosqichida kurashni davom ettiradilar. Eslatib o'tamiz, JCH-2018 saralashning so'nggi bosqichida avvlagilardek, 10ta jamoa emas, balki 12ta jamoa 6tadan ikki guruhga bo'lingan holda JCH-2018 final bosqichi uchun kurash olib boradilar. Ushbu guruhlarda dastlabki ikki o'rinni egallagan 4ta jamoa esa JCH-2018 final bosqichiga yo'l oladi.

Ikkinchi saralash bosqichda so'nggi o'rinni egallagan jamoalar esa OK-2019 final bosqichining qolgan 12ta yo'llanmasi 4tadan 6ta guruhga bo'lingan holda kurashni davom ettiradilar. Ushbu 6ta guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar OK-2019 final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar. Avval xabar berganimizdek, OK-2019 final bosqichida avvalgidek 16ta emas, 24ta jamoa ishtirok etishi tasdiqlangan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика