So’nggi yangiliklar

19:58Бобир Абдихолиқов деярли 4 йилдан сўнг Суперлигада гол урди  0 19:43Бруну Фернандеш бошқа клубга ўтиши мумкин  0 19:15"Насаф" — "Локомотив" 1:0 (матнли трансляция)  19 19:02"Андижон" - "Пахтакор" 0:2 (матнли трансляция)  76 19:00ҚПЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Шахтёр"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:37"Ливерпуль" Бразилия терма жамоаси ўйинчиси учун курашга қўшилди  1 17:08"Севилья"га янги бош мураббий тайинланди  0 16:34"Реал" ва Мбаппе барча ҳужжатларни имзолашди, Килиан – "Мадрид" ўйинчиси (Фабрицио Романо)  18 16:12"Пахтакор" 2020 йилдан буён сафарда"Андижон"ни мағлуб эта олмаяпти  12 15:59"Насаф" ўз майдонида 2018 йилдан буён "Локомотив"ни юта олмаяпти  9 15:56Холанднинг "Манчестер Сити"даги келажаги маълум  2 15:27"Боруссия" "Манчестер Юнайтед" билан музокаралар олиб боради  0 14:58Кьеллини Евро-2024 фаворитларини айтди  0 14:12Роналду икки юлдуз билан музокаралар олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум  7 13:32Родриго "Реал"дан кетиши ҳақидаги саволга жавоб берди  2

Aleksandr Stoymirovich: "Istefo haqida hech nima eshitganim yo'q. Rahbariyat menga ishonishda davom etmoqda" Yangiliklar

Aleksandr Stoymirovich: "Istefo haqida hech nima eshitganim yo'q. Rahbariyat menga ishonishda davom etmoqda"

Superliga 7-tur doirasida o'tkazilgan "Lokomotiv" - OKMK (0:2) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida ishtirok etdi


- O'yin haqida

- O'z o'yingda mag'lub bo'lish qiyin. Vaziyatlarni ko'kka sovurdik va shu sababli mag'lub bo'ldik. Yigitlarga etirozim yo'q, ular yaxshi o'yin namoyish etishdi. Raqib jamoa ham ancha kuchli edi. Birinchi turning o'zidayoq bu mavsumda ancha qiyin bo'lishini aytgandim. Bugun ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo omadimiz kelmadi. Ayrim bir jihatlarda tajriba etishmayapti. Bugungi o'yinda ikki yosh futbolchi SHerzod Komilov va Yuldashevlarni kashf qildim. Ikki futbolchi ham juda yaxshi o'ynashdi. Yosh futbolchilarga imkoniyat berish bizning asosiy maqsadimiz ekanligini aytgandim. Komilov, Yuldashev va Laziz Mirzaev kabi futbolchilardan umidimiz katta. OKMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman, biz keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'ramiz. "Bunyodkor"ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

- Bugun jamoam yaxshi o'ynadim deb aytdingiz, ammo bugungi uchrashuvda jamoangiz ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Ayniqsa, pas berish bo'yicha ko'p xatoliklar bo'ldi. Futbolchilar ketma-ket uchta to'g'ri pas bergan holatlari juda kam ko'zatildi?

- O'yinni tahlil qilmasdan turib bir nima deyish qiyin. Nechta pasdan so'ng xato qilganimizni ham tahlil qilib ko'rib chiqamiz. Raqib ham pressing qiladi va raqibning bosimi ostida xatolar soni ko'payishi mumkin. Bu tabiiy hol. Biz o'zimizning taktik uslubimizda o'ynadik. Yana bir bor takrorlayman, bugun jamoam yomon o'ynamadi. Biz urgan ko'pgina gollar tartibli himoyalanganimizdan so'ng sodir bo'lgandi. CHempionatdagi bo'lgan tanaffus bizning zararimizga ishladi. yo'qotishlar ham ko'p. Bir nechta jarohat va ikki nafar futbolchimiz kartochkalar sababli chetlatilgan. "Navbahor"ga qarshi Bulatovich va Jasur Hakimovlarni jarohati saba maydonga tushira olmasdik. Hozir futbolchilar etishayapti. Yosh futbolchilar esa har doim ham stabil o'yin namoyish eta olishmaydi. Biz bunday muammolar kuzatilishini biladik. Mehnat qilishda davomi etishimiz kerak. Yangi mavsumda jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilarning eski jamoalarida deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagandi. O'z uslubimizga sodiq qolishimiz kerak. Dastlabki turlarda uslubimiz sababli 4ta turda 8 ochko jamg'ardik. Hozir biroz natijalarimiz yomonlashid va bu odatiy hol. Superligada yaxshi natijalar qayd etishni istasak, birinchi mavsum oson kechmasligi aniq. Kurashishda davom ettiramiz. "Lokomotiv" yana g'alaba qozonishiga ishonaman.

- Ko'p futbolchilaringiz jarohat sabab jamoaga yordam bera olmayotganini aytib o'tdingiz. O'tgan jamoalaringizda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagansiz, ammo hozir o'zingiz jamoangizda jarohatlanganlar soni jo'da ko'p. Mutaxassis sifatiida jarohatlar soni ko'pligining sababini bilishingiz aniq. Bunga sabab nima?

- Futbol juda qiyin sport turi. Har bir futbolchining o'ziga hos organizmi bor. Qaysidir jarohatlar oldini olishning iloji yo'q. Sababi o'yin vaqti yugirayotgan chog'i jarohat olib qolishingiz mumkin. Bu shunchaki omadsizlik. Bizda hali mushaklar jarohati kuzatilmadi. Rogach mushaklarida vaqtincha og'riq his etayotgandi.

- Bugun Laziz Mirzaev deyarli o'ynamadi. Yosh va kreativ futbolchiga bugun faqatgina uch daqiqa o'ynatdingiz. Mirzaevga ko'proq imkoniyat berish kerakmasmidi? Bunga sabab nima?

- Mirzaevni ertaroq maydonga tushirishim kerak edi. SHu masalada biroz xatoga yo'l qo'ydik. Bulatovich va Abdunabievlar jismoniy jihatdan kuchli ekanligi tufayli ularni maydonga tushirgan edim, ammo ular charchab qolishdi. Lazizni ertaroq tushirib uning dribling va tezligi orqali hujumlarimiz yana xavfliroq bo'lishi mumkin edi. Keyingi bahslarda Mirzaev o'z imkoniyatiga ega bo'lishi aniq.

- So'ngi vaqtlardagi "Lokomotiv"ning yomon natijalari tufayli jamoada bosh murabbiy o'zgarishi mumkin degan gaplar qulog'imga chalindi. Bu fikrlar qanchalik rost?

- Yomon natijalar davom etaversa jamoada o'zgarishlar bo'lishi aniq. Hozirgacha bu gaplar haqida hech nima eshitmadi. Rahbariyat menga hech nima demadi va ishonishda davom etmoqda. Hozirgi "Lokomotiv"dan chempionlikni talab qilish noto'g'ri. Kelajakda g'alaba qozonishimiz aniq. Bu fikrlar haqida hech nima eshitmadim.


Reyting: +1   

Fikrlar

   
15 may 22:05:27
safo78
Агар мана шу уйинни яхши деб кабул килган булса бу тренер эмасакан
   
14 may 23:15:57
Xurshidhuja
Buyam bir luttiboz ekanku
   
14 may 22:48:30
Jamshid Abdusamadov
Уйинчи етишмаяпти дейиш нотогри шу легионерларидан еш бола хам яхши уйниди. Уринбосарлар нега керак олсин уйинчи еки уринбосарлар турнири учун уйнавотими уринбосарлар.
championat.asia
Яндекс.Метрика