So’nggi yangiliklar

09:21«Боруссия» финалдаги мағлубияти эвазига 35 миллион евро ишлаб олди, «Реал» эса 0 евро!  4 08:56«Боруссия» устози Терзич нима сабабдан жамоаси «Реал»га мағлуб бўлганини тушунтириб берди  3 08:30Карло Анчелотти навбатдаги чемпионликдан сўнг нималар деди?  4 08:04«Реал Мадрид» — «Боруссия» учрашувининг «Мan of the match» соҳиби ким бўлди?  17 07:38Суперлига. Бугун «Бобур Арена»да супер ўйин бор  8 02:44Чемпионлар Лигаси финал. "Боруссия Д" - "Реал Мадрид" 0:2  3 02:23"Реал" қачон "Аталанта"га қарши Европа Суперкубоги учун курашади?  18 02:09"Реал Мадрид" 15-бор Чемпионлар Лигасида зафар қучди — бу мутлақ рекорд!  30 01:59"Реал Мадрид" — Чемпионлар Лигаси ғолиби!  181 00:54ПСЖ Хвича учун 120 млн евро таклиф қилишга тайёр  0 00:18Турсунов ва "Истиқлол" ўз мақсадига эришди  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Ҳозирги ҳолатимизни тўғри баҳолашимиз керак. "Бунёдкор"нинг жорий мавсумдаги асосий мақсади лигада жон сақлаб қолиш"  8 23:48Перес "Барса" билан 2010 йилда бўлгани каби "Олтин тўп" учун овоз беришда "Реал"нинг уч ўйинчиси подиумга кўтарилишини хоҳлайди  8 23:14Виталий Левченко: "Ҳужумчиларимиз кўп гол уришни бошлаб юборишди. Кубокдаги рақибимиз анча жиддий"  14 23:13"Боруссия" — "Реал". Таркиблар маълум  9

Saudiya Arabistoni APLdan bir qancha yulduzlarni olib ketmoqchi. Nishonda Salohning o'zi emas Yangiliklar

Saudiya Arabistoni APLdan bir qancha yulduzlarni olib ketmoqchi. Nishonda Salohning o'zi emas

"Ov" boshlandi.

Saudiya Arabistoni jahon yulduzlarini o'z chempionatiga jalb qilishi yangilik emas. Kelayotgan yozda esa arablar shov-shuvli transferlarning navbatdagi "yomg'irini" vada qilishmoqda.


Alisson

Bu ajoyib xarid bo'lardi. Alisson "Roma"daligidayoq o'ziga omma etiborini qaratgan, ammo chinakamiga mashhurlikka "Liverpul"da erishdi — u Kloppning fenomenal loyihasining bir qismiga aylana oldi. ECHLda zafar quchdi, Angliya chempioniga aylandi. "Siti" va Ederson bilan raqobat qildi va 2019 yilda darvozabon uchun barcha individual sovrinlarni qo'lga kiritdi – jumladan, "Lev Yashin" nomidagi sovrinning ilk sohibiga aylandi.

Kloppning "Liverpul"dagi davri oxirlab bormoqda (ushbu kinoning oxirgi qismi istalgandek chiqmayotgan bo'lsada) – etakchilar yangi chorlovlarni o'rganib chiqishmoqda. O'sha Alissonning ham munosib o'rinbosari topilgandek - Kellexer. Liverpulliklar bilan braziliyalik golkiper barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi, endi esa nomalum davr arafasida turibdi – yangi murabbiy, yangi tizim, jamoa o'zagi o'zgarishi. Sovrinlarni endi biroz kutib turish zarur bo'ladigan chog'i. Demak, ketish uchun sabablar etarlicha.


Ederson

Alissonning hamyurtining vaziyati biroz yaxshiroqdek. Ederson gullab-yashnayotgan va bir yil avval ECHLni qo'lga kiritgan "Siti"da va Angliyadagi barcha sovrinlar uchun asosiy nomzodligicha qolmoqda. Pep jamoani ruhlantira olmoqda va sovrinlar uchun motivaciya topish muammosi bo'lmaydigandek.

Muammo o'yin amaliyoti bilan ham bo'lmasa kerak. Ederson – yorqin bo'lmasada, ishonchli kiper. Qo'shimchasiga, oyoqda yaxshi o'ynaydi va to'p nazoratida ishtirok etadi. Gvardiola jamoalari uchun bu muhim sifat. Qo'shimchasiga, u Alissondan yoshroq ham. Tabiiyki, Premer-Ligani va umuman Evropaning grand klublaridan birini tark etish uchun sabablar ham ancha kamdek.

Bu jarangdor xarid bo'lardi, biroq Ederson uchun "Siti"da qolish yaxshiroq variantdek. SHu o'rinda, agarda Alisson ligani tark etsa, bu Edersonning termadagi holatini ham mustahkamlanishiga olib keladi. Bekker jarohat olganida aynan u asosiy tarkibdan o'rin egallagandi – endi esa to'laqonli birinchi raqamga aylanish imkoniyati paydo bo'ladigandek.


Muhammad Saloh

Saloh vaziyatida shayxlarga uning shartnomasi yordam berishi mumkin. Kelishuv 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan – va hozircha yangisidan darak yo'q. Klub sport direktori Klopp ketsada va yoshi ancha o'tib qolgan bo'lsa ham etakchini tarkibda saqlab qolish tarafdori. Futbolchining o'zi esa kelajagi borasida bir qarorga kelishi kerak. "Liverpul"dan u top ijrochiga aylandi, uni muxlislar yaxshi ko'rishadi. SHu bilan birga misrlik oxirgi vaqtlarda stabillik bilan muammolarga duch kelayotganini ham sezish qiyin emas. Qo'shimchasiga, qayta qurilish loyihasi unga ham tasir qilishi turgan gap.



Yaqin SHarq futbol nafaqasi uchun yaxshi lokaciya bo'lardi. SHayxlarning o'zi ham bunday futbolchi uchun kattagina mablag'dan voz kechishga tayyorlar – bu esa "Liverpul" uchun moliyaviy jihatdan katta yordam bo'lardi va o'sha pullarning malum qismiga munosib o'rinbosarni sotib olish ham mumkin.


Kevin De Bryuyne

Hattoki fantaziyasi o'ta kuchli muxlislar ham Gvardiola belgiyalikni qo'yib yuborishini tasavvur qilishi oson bo'lmasligi aniq. Kevin uning tizimidagi eng muhim detal, "Siti"ning ko'p yillik etakchisi va raqib darvozasi oldida xavf tug'dirish bo'yicha ustasi farang.

Yarim himoyachi jarohat sabab mavsumning yarmini o'tkazib yubordi va o'tgan yilgi ECHL finalini ham usiz yuta olishdi – buni qarangki, Kevinsiz ham hayot bor ekan. Biroq bu belgiyalikdan osonlikcha voz kechish mumkin degani emas. De Bryuyne bilan "shaharliklar" shunchaki ajoyib o'yin namoyish etishadi. Bu hamkorlikni to'xtatshdan hech kimga foyda bo'lmaydi. Nima bo'lganda ham de Bryuyne arablarning ro'yxatida bor, bu yil bo'lmasa, keyingi mavsum muzokaralarga qaytamiz.


Kazemiro

MYU tayanch yarim himoyachisi uchun esa chempionatni alishtirish juda ham kerakdek. "Manchester Yunayted" Kazemironi arzonga qo'lga kiritgani yo'q, chunki "Real"da u jahon yulduziga aylanib ulgurgandi. MYU tan olgisi kelmagan bo'lsa ham, o'zining "pik" davrini u "Real"da yashab bo'lgandi. Xavbek qisqa vaqt o'zining yuqori darajasini saqlab qoldi, lekin bu uzoq davom etmadi. APLda qarshilik darajasi ham yuqoriroq va yillar o'tgani sayin, futbolchi yaxshi sport formasiga kirishiga ko'proq vaqt talab qilinaveradi. 

Bugungi kunga kelib Kazemiro maydon markazini MYU uchun ishonchli nuqta qilib bera olmayapti, bazida esa uning xatolari va tavakkalchiligi qimmatga tushmoqda. Yorqin misol – "Kristal Pelas"dan uchralgan yirik mag'lubiyat. Kazemiro maydonga "qizil iblislar" safida tushgan bo'lsada, bir nechta golda "burgutlar"ga yordam berib yubordi. Saudiya Arabistoni – "Yunayted" uchun sarflangan pullarning hech yo'q bir qismini qaytarish uchun yagona variant. Arablardan ko'proq taklif qiladigani topilmasligi turgan gap. Evropada esa hozirgi Kazemiroga xaridor topilmasa kerak.


Brunu Fernandesh

Portugaliyalik hozirgi holatdagi MYUda ham, Kevin De Bryuynening "Siti"dagi tasirichalik, foydali o'yin ko'rsata olmoqda. Gap iqtidor, individual sifatlar va ulardan foydalangan holatda vaziyatni ijobiy yakunlash haqida ketmoqda.

Fernandesh – "Manchester Yunayted"ning oxirgi yillardagi kam sonli omadli transferlaridan biri hisoblanadi. Va u endigina 29 yoshda. "Yunayted" unga ishonadi va klubdagi ichki muhit Brunu uchun qadrdon bo'lib ulgurgan. Yosh iqtidorlar "katta" bo'lgach, Garnacho, Maynu va Xeylund etakchilarga aylanishadi hamda Brunu ularning qariya-ustozi bo'lishi mumkin. Vaziyatga umumiy qarasak, Fernandesh Manchesterni tark etishiga ehtiyoj yo'qdek. Ammo "Manchester Yunayted" oldindagi mavsum(lar)ni qanday o'tkazishi haqidagi savolga hozir hech kim javob bera olmaydi. 



To'g'ri, ushbu futbolchilar APLning o'zida ham yomon maosh olmaydi, lekin ko'z ochib yumguncha, "nafaqa" davri ham kelib qolishini unutmaslik zarur.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

   
18 may 21:24:22
Bratello
Алиссон кетмаса керак, Салахга 250 миллион берса кетади
   
18 may 21:22:46
TeMuR1994
bular
jinni bo'bqopdi
championat.asia
Яндекс.Метрика